So’nggi yangiliklar

14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  1 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  0 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  3 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  15 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  21 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  3

JCH-2018 qurasi raqamlarda Yangiliklar

JCH-2018 qurasi raqamlarda

Teglar :  JCH-2018Qura
Bugun Moskva shahrida 2018 yilgi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.


Quraga nechi nafar murabbiy keladi? SHouda qancha artistlar ishtirok etishadi? Marosim qancha davom etadi? FIFA.com bu savollarga javob beradi va qura jarayonining barcha raqamlarini taqdim etadi.

soat – Moskvadagi qura marosimi taxminan shuncha davom etadi. Tadbirda faqat qura tashlanmaydi, balki musobaqa mezbon davlati haqida malumot ham beriladi – bizni ajoyib shou kutmoqda.

8 ta guruh paydo bo'ladi. Har bir guruhda 4tadan jamoa bo'ladi va dastlabki 2 o'rinni olgan jamoalar 1/8 finalga chiqadi. Musobaqa 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11ta shahrida bo'lib o'tadi. Jami 64 ta o'yin o'tkaziladi.

10 futbol afsonalari qura jarayonida ishtirok etishadi. JCH-2014 chempioni Miroslav Kloze kubokni sahnaga olib chiqadi. Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker qurani o'tkazadi, 8 mashhur futbolchilar esa yordamchi bo'lishadi: Loran Blan, Gordon Benks, Kafu, Fabio Kannavaro, Diego Forlan, Diego Maradona, Karles Puyol va Nikita Simonyan.

10 tonna temir qura bo'lib o'tadigan joyni tayyorlash uchun sarflandi. Ulardan 2,5 tonnasi sahnani qurish uchun ketdi, 1 tonna – podium uchun va 6 tonna – ekranlarga.


18 nafar professional tarjimonlar qurada ishlashashdi: ular dunyoning beshta tili: ingliz, nemis, ispan, francuz va rus tillariga tarjima qilishadi.

30 nafar murabbiy quraga keladi. 2018 yilgi mundialga chiqqan faqat ikki terma jamoaning ustozlari qurada qatnashishmaydi. Bular Avstraliya va Urugvay.

162 ta konteyner qura vaqtida chiqindilarni tashlash uchun ishlatiladi.

210 nafar artist qura marosimidagi shouda ishtirok etadi.

465 nafar volonter (ko'ngilli) Moskvadagi qura jarayonida faoliyat olib boradi.

1400 nafar mehmon quraga kelishi kutilmoqda. Ulardan 260 nafari JCH-2018ga chiqqan terma jamoa delegaciyasi azolari hisoblanadi.

1500 nafar jurnalistlar qurani yoritish uchun akkreditaciyadan o'tkazilgan. Ulardan 528 nafari yozuvchi jurnalistlar. 117 kanal qurani namoyish etadi, uni dunyoning 200dan ortiq mamlakatida tomosha qilishadi.

3960 kvadrat metr. Moskvadagi Qreml saroyida qura o'tkaziladigan joyning umumiy maydoni. Bu esa 6000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика