JCH-2002ni rasmlar yordamida yodga olamiz
29 dek 2023 16:23
Yangiliklar
JCH-2002ni rasmlar yordamida yodga olamiz
Italiyalik mashhur hakam Perlujji Kollina Braziliya va Germaniya o'rtasidagi final uchrashuvini boshqarib borgandi.
Turkiyalik Umit Davalaning soch turmagi ko'pchilikning etiborini torgandi.
Janubiy Koreyalik An Jun Xvan nimchorak finalda Italiyaga qarshi o'yinda "oltin gol" urgan. Oradan bir necha kun o'tib uning Italiyaning "Perudja" klubidan ketgani elon qilingandi.
Yaponiyalik Yunichi Inamoto Belgiya darvozasiga to'p kiritgan vaziyat.
Senegal terma jamoasi azosi Pap Buba Diop hozirgina Franciya darvozasiga JCH-2002ning ilk golini urdi.
Miroslav Kloze guruh bosqichidagi 5ta golning barchasini boshi bilan raqiblar darvozasiga urgandi.
Turkiyalik darvozabon Rushtu Rejber mundialning eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lgandi.
Ronaldinodan zarba va ...
...Devid Simen mundialning eng chiroyli golini o'tkazdi.
Ronaldoning o'sha mashhur soch turmagi
Braziliya Jahon chempioni!
Yana kimlar qolib ketdi?
Fikrlar