Jahon chempionatining to'rtta yulduzli ishtirokchisi mart oyida AQSHda uchrashadi
09 jan 17:45
Yangiliklar
Jahon chempionatining to'rtta yulduzli ishtirokchisi mart oyida AQSHda uchrashadi
To'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan jamoalar esa terma jamoalar uchun mart oyidagi o'yinlar oynasini qanday o'tkazishni rejalashtirmoqda. To'rtta jamoa bu masalada qaror qabul qilib bo'ldi.
"Reuters"ning xabar berishicha, Braziliya, Franciya, Kolumbiya va Xorvatiya AQSHga turne bilan keladi. Uchrashuvlar Boston, Orlando (Florida shtati) hamda Vashington atrofida (Kolumbiya okrugi) bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti hisobga olingan holda o'yinlar jadvali quyidagicha:
Braziliya — Franciya (27 mart, 02:00, Foksboro)
Kolumbiya — Xorvatiya (27 mart, 05:30, Orlando)
Kolumbiya — Franciya (30 mart, 01:00, Landover)
Braziliya — Xorvatiya (31 mart, vaqti aniq emas, Orlando)
Avvalroq O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov O'zbekiston mart oyida KONMEBOL, KONKAKAF va Afrika jamoalari bilan o'ynashini malum qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar