So’nggi yangiliklar

15:35"Насаф" кучсизланди, "Навбаҳор" эса – "яширин фаворит". Суперлигадаги қишки трансферлар ойнаси якунлари (1-қисм)  1 15:10Ўртоқлик ўйини. “Арал” ва “Металлург” ўртасидаги баҳсда 6 та гол урилди  0 14:44"Лос-Анжелес Гэлакси" Филиппе Коутиньо билан шартнома имзоламоқчи  2 14:05"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр  2 13:29"Андижон"нинг таништирув маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  15 12:55"Манчестер Юнайтед" ёзда "Челси"дан Николас Жексонни сотиб олиши мумкин  4 12:22Каземиро Месси жамоасига ўтиши мумкин  2 11:52"Реал" Шлоттербекка қизиқмоқда  1 11:25"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи  5 11:02Андижон футболи халқаро майдонга чиқмоқда: "Бешиктош" билан стратегик ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда  6 10:32"Барселона" ва "Манчестер Сити" германиялик ҳимоячи учун курашмоқда  1 10:05Трансфермаркт. ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум  5 09:39ФИФА Африка жамоасига Россия билан ўйнашни тақиқлади  12 09:12"Барселона" 16 ёшли инглиз ҳужумчисининг трансферни келишиб олди  0 08:45"Ливерпуль" Конате ўрнига "Челси" собиқ ҳимоячисини кўзламоқда — Sports Boom  3

U-23 Osiyo chempionati 2-tur oldidan: Bugun muhim o'yin bor Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati 2-tur oldidan: Bugun muhim o'yin bor

Saudiya Arabistonida U-23 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqich 2-tur uchrashuvini Eron U-23 jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ar Riyod shahridagi Prince Faisal Bin Fahd stadionida kechadigan bahs bizning vaqt bilan 19:00da boshlanadi.



Avvalgi tur

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqani g'alaba bilan boshladi. Dastlabki turda vakillarimiz Livanni 3:2 hisobida mag'lub etishdi. Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullaev va Sardor Bahromov tomonidan kiritilgan gollar ilk turda qiyin g'alabani taqdim etdi.

Eron yoshlar terma jamoasi esa Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi maydonga tushib 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu o'yinda forslar ham, koreyaliklar ham yutib ketishi mumkin edi. Ko'proq bitta gol bahs taqdirini hal etadigan uchrashuvga o'xshadi, ammo gol urish tomonlarga nasib etmadi.



Murabbiylar fikri

Ravshan Haydarov (O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi): - Biz birinchi o'yindagi xatolardan xulosa chiqardik. O'ylaymanki, bugungi o'yinda bunaqa kulguli xatolar qaytarilmaydi. Eronning Janubiy Koreyaga qarshi bahsini o'rganib chiqdik. Raqib haqida malumotga egamiz. Bu chempionatda imkon qadar uzoqqa borishni maqsad qilganmiz. Eron - kuchli jamoa, raqibni hurmat qilgan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Omid Ravanxax (Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi): - Birinchi o'yinni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman, hartugul bir ochkoga ega chiqdik. Endi bo'lsa O'zbekiston bilan kechadigan bahs chorak final taqdirini hal qiladi. Raqib kuchli ekanini bilamiz, buni futbolchilarimiz ham yaxshi tushunib turibdi. O'zbekiston - futbol jadallik bilan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri deb ayta olaman. Ularning erishayotgan natijalari ham ajoyib.



Raqamlar

- Bugungi g'alaba yoshlar terma jamoamizni muddatidan oldin chorak finalga olib chiqadi.

- Bungacha har ikki jamoa U-23 Osiyo chempionatida ikki bor to'qnash kelgan bo'lib, har ikkala bahs 1:1 hisobida durang bilan yakun topgan.

- U-23 Osiyo chempionatida Eronga gol urgan futbolchilarimiz: 2020 yil Islom Qobilov, 2022 yil Otabek Jo'raqo'ziev.


Reyting: +1   

Fikrlar

   
14 jan 21:24:30
Shamsiddin Matnazarow
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Сиз яхшиси кирилчада ёзсангиз яхшироқ тушунар эдик.
Кирилчада мен БИЛИАЙМАН МЕН 9 ЙОШДА АШГАБАТГА РОНАЛДО КЕЛАДИ 45.000 ОРИНЛИК СТАДИЙОНДА БОЛАР ЕКАНМАРКАЗИЙ ОСИЯДА ЙОК ЕКАН ТОГРИМИ БУНАКА СИГИМЛИ СТАДИЙОН МЕН ТОГРИСИ АНГИЛИСКИЙ ЙОСАМ ЯХШИ ЙОЗАРДИМ МЕН ТУРКМЕНИСТОНДА ЙОШИМАН БИЗЛАР ОЗБЕКМИЗ
   
11 jan 15:32:21
Abdusalom Mirzayev
Shamsiddin Matnazarow foydalanuvchining fikriga javob berish
FAKT : FK ARKODAG. AL NASSR OYINI 45.000 ORINLIK OLPIYODA STADIYONINDA BOLIP OTADI HALI OLIMPIYA STADIYONINDA HEC BIR JOMA FUTBOL OYNAMADI BU BIRINJI BOLADI ASHGOBAT SHAHAR OLIMPIYADA STADIYON 45.000 11 FEBRAL 18,:45 FK ARKODAG. AL NASSR .ROBALDO HAM KELADI BU OYINGA
Сиз яхшиси кирилчада ёзсангиз яхшироқ тушунар эдик.
   
10 jan 17:38:42
Shamsiddin Matnazarow
FAKT : FK ARKODAG. AL NASSR OYINI
45.000 ORINLIK OLPIYODA STADIYONINDA BOLIP OTADI HALI OLIMPIYA STADIYONINDA HEC BIR JOMA FUTBOL OYNAMADI BU BIRINJI BOLADI ASHGOBAT SHAHAR OLIMPIYADA STADIYON 45.000 11 FEBRAL 18,:45 FK ARKODAG. AL NASSR .ROBALDO HAM KELADI BU OYINGA
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика