Javohir Ilyosov: “Lokomotiv” doim kuchli klub bo'lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi”
14 mar 2020 09:28
Yangiliklar
Javohir Ilyosov: “Lokomotiv” doim kuchli klub bo'lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi”
Biz esa bellashuvdan oldin “temiryo'lchilar”ning iqtidorli posboni Javohir Ilyosovning fikrlarini tingladik.
“Endigina ikki tur nihoyasiga etdi. To'liq xulosa chiqarishga erta deb o'ylayman. Jamoamiz har doim o'z oldiga yuksak vazifalarni qo'yadi.Hozirda barcha jamoalar bir xil holatda. “Buxoro”ni ham kuchsiz demagan bo'lardim. Umuman olganda bu yil kuchsiz jamoa bo'lmasa kerak. Murabbiylarning o'zini taktikasi bor. Futbolchilar o'sha uslub ostida harakat qiladi. Raqib himoyada o'ynaydi? Mudofaada turib, qarshi hujum orqali gol kiritib g'alaba qozonsa, uch ochkoni qo'lga kiritsa kim etiroz bildiradi. “Lokomotiv” kuchsizlangani yo'q. Doim kuchli jamoa bo'lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi”,- dedi darvozabon.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Lokomotiv Marat Bikmayev - 17', Temurxo’ja Abduxoliqov - 20', Shahzod Shaymanov - 90' |
Superliga. 3-tur 15/03/2020, 17:00 0
:
3
Tugadi
|
Buxoro |
Fikrlar