Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng: "Ushbu g'alabaning ahamiyati katta"
17 mar 2019 08:18
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng: "Ushbu g'alabaning ahamiyati katta"
"Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. Aynan mana shunday uchrashuv bo'lishini kutgandik. Muxlislarbop chiroyli bahs bo'lishini bilgandik. Mavsum boshidan buyon hali mag'lub bo'lganimiz yo'q. CHempionatda ham ilk uchrashuvimizni yaxshi o'tkazdik. CHiroyli o'yin va g'alabalarz bilan muxlislarni stadionga qaytarishni maqsad qilib qo'yganmiz.
Birinchi bo'limda o'yinimiz biroz qovushmadi. Sababi, OCHL uchrashuvidan so'ng yigitlarda charchoq sezildi. Ikkinchi taymda esa o'yinimiz ochildi va o'ylaganimizdek g'alabaga erishdik.
Ushbu g'alabaning ahamiyati katta. Asosiy raqobatchilarimizdan birini mag'lub eta olganimizdan xursandmiz", - dedi Jaloliddin Masharipov.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar