So’nggi yangiliklar

23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  0 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  15 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  1 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  4 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  16 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  9

Ixtiyor Toshpo'latov: "Xatoni to'g'rilashga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: "Xatoni to'g'rilashga harakat qilamiz"

"Mashal" 11 mart kuni o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Mazkur o'yin oldidan "gazchilar" klubi futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizni kuchli bosim ostidagi o'yin kutmoqda. Birinchidan o'z maydonimizda ochilish uchrashuvida o'ynaymiz, ikkinchidan o'tgan turdagi alamli mag'lubiyatni hali unutganimiz yo'q. Munosib tayyorgarlik olib bordik va ertaga faqat va faqat g'alaba biz uchun maydonga tushamiz. Muxlislarimiz bizga ishonsa va qo'llab-quvvatlab tursa natijaga ham erishamiz".

"Maydonimiz yaxshi holatda va mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Moslashish qiyin kechmaydi deb o'ylayman. Raqibdan ko'ra bu maydon bizga tanish. O'yinga hammamiz tayyormiz va boshqa hech qanday sabab bizga tasir o'tkazmasligiga ishonamiz. Raqibimiz haqida yaxshi bilamiz. "Metallurg" istalgan jamoani har qaysi maydonda bo'lsa ham egishga qodir. Buni bir necha bor isbotlagan ham. O'tgan yili qiyinchilik bilan qo'lga kiritilgan durang ham yodimizdan chiqqani yo'q. Oldinda bizni safarda "Bunyodkor" bilan o'yin kutmoqda. Buni ahmiyati esa ikki barobar og'irdir. Yo'l qo'ygan xatolarimizni to'g'rilash uchun harakat qilamiz. O'ylaymanki, uch ochkoni qo'lga kiritamiz", - deydi Toshpo'latov ertangi bahs haqida.

"Mashal" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика