Turkiyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagan Arda Turan "Shaxtyor" bosh murabbiyiga aylandi
28 may 2025 16:58
Yangiliklar
Turkiyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagan Arda Turan "Shaxtyor" bosh murabbiyiga aylandi
"Atletiko" va "Barselona" sobiq futbolchisi Arda Turan Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
38 yoshli turkiyalik murabbiy bilan shartnoma 2 yillik muddatga tuzilgan. Turanning so'nggi ish joyi 2023 yildan buyon boshqargan "Eyupsor" bo'ldi. Birinchi to'liq mavsumida u jamoani tarixda birinchi marta Superligaga olib chiqdi. Turkiya oliy ligasidagi debyut mavsumida esa jamoa 6-o'rinni egalladi va evrokuboklar zonasidan atigi 1 ochkoga ortda qoldi.
Doneckning "Shaxtyor" klubi Ukraina Premer-ligasi mavsumini 62 ochko bilan 3-pog'onada yakunladi. Arda Turan shogirdlari kelasi mavsumda Evropa Ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar