So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  10 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   6 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

Ro'ziqul Berdiev: "Biz Superkubok va Kubokda xet-trik qilibmiz-ku. Ronaldu katta ehtimol bilan bizni sotib olsa kerak, biz uni emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz Superkubok va Kubokda xet-trik qilibmiz-ku. Ronaldu katta ehtimol bilan bizni sotib olsa kerak, biz uni emas"

O'zbekiston Superkubogi finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (1:0) bahsidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. "Andijon"dan bunday hujumkor startni kutmagan edik. Birinchi bo'lim yarmidan so'ng esa o'yinni nazorat qila boshladik. Tanaffusda bosimni kuchaytirish kerakligi haqida aytildi. Shu sababli ikkinchi bo'limda hujumkor futbolchilarni maydonga tushirdik. Nazarimda, bugun raqibdan yaxshiroq harakat qildik va haqli ravishda g'alabaga erishdik", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

Akmal Mozgovoy: "Qiyin o'yin bo'ldi. Finallar oson kechmaydi. Atmosfera ajoyib edi. G'alaba qozonganimiz esa bundanda zo'r bo'ldi"

- Mavsum avvalida "Andijon" bilan o'ynagan edingizlar. Maksim Shackix jamoaga kelganidan so'ng "Andijon"ning o'yin uslubida o'zgarish sezdingizmi?

- "Andijon"ning so'nggi o'yinlarida o'zgarishlar bo'lganini sezdim. Ular 2ta hujumchi bilan o'ynashni boshladi. "Andijon" bugun kuchli raqibga qarshi bo'lsa ham hujumkor futbol bilan boshladi. Bunga sabab murabbiy mizosi deb o'ylayman. Jamoada ruhiy o'zgarish ham ro'y bergan. Sxema va taktikada ham o'zgarish bo'lgan.

- O'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi? Xebayning sport formasiga baho berib o'tsangiz?

- Biz yanada hujumga zo'r berishimiz kerak edi. Penaltilar seriyasiga qadar etkazmasdan, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Shu sababli Sherzodni va Rubenni maydonga tushirdik. Sherzod Nasrullaevning aktiv o'yini tufayli penalti ishladik hisobda oldinga chiqib oldik.

- Oybek Bozorov nega terma jamoaga chaqirilmayotgani haqidagi fikringiz? 

- Terma jamoa bosh murabbiyi qarorini muhokama qilmaylik. Kimni taklif qilish va o'ynatish murabbiylarning ishi.

- Sherzod Nasrullaevning hozirgi holati qanday?

- Sherzod ancha vaqt mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Bugunga qadar bor-yo'g'i ikkita mashg'ulotda qatnashdi. Uning jismoniy holati sabab 20-30 daqiqa maydonga tushirdik.

- Ikkinchi taymda jamoangiz yanada faolroq o'ynay boshladi. Bunga sabab nimada?

- Raqibga imkoniyat bermaslik va ko'proq bosim qilishimiz kerak edi. Kiyinish xonasida shu haqda ko'rsatma bergandim. Biz raqib uchun noqulayliklar tug'dirishimiz kerak edi. Penalti bo'lgan vaziyatda yuqori bosim orqali ko'pgina vaziyatlarda to'plani olib qo'ygan edik.

- Raqiblar "Nasaf"ni ko'p o'rganishadi. Bugun "Andijon" "Nasaf"ni qanchalik yaxshi o'rgangan ekan?

- Oybekni yopa olishdi va Cheranga erkin o'ynashga berishmadi. Ular o'z usullarini ham foydalanishga harakat qilishdi. Raqib o'tgan uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan o'ynagan edi. Bizning markazimiz kuchli bo'lgani uchun, "Andijon" uchta yarim himoyachi bilan o'ynadi. Masalan, Abdumannopovga uzun paslar. "Andijon" bugun yuqori ishtiyoq bilan o'ynadi. Mahorat bizda bo'lgandir, ammo ishtiyoq "Andijon"da edi.

- "Nasaf" o'tgan mavsumda hujum ortida Siddiqovni o'ynatayotgan edi. Siddiqovning tezkorligi jamoaga ustunlik berardi. Hozir esa Cheran ushbu poziciyada o'ynamoqda, lekin Cheranning tezligi past. Dragan hujumlarni sekinlashtirib yubormayaptimi?

- Cheranning yugurishi kerak emas, biz uni tajribasi uchun olib kelganmiz. Biz joriy mavsumda ko'proq mahoratga etibor bermoqdamiz. O'tgan mavsumda biz Javohirni tayanch yarim himoyachi poziciyasida o'ynatgan edik. Hujum ortida esa Silva va Jigauri o'ynayotgan edi. Javohirdan hujum ortida va yarim himoyada foydalanishimiz mumkin. Cheranning o'ziga ham aytganmiz, bizga tajribang kerak deb. Pozicion hujumlarda Cheran juda katta yordam bermoqda. Tarkibimizni 10ga yaqin futbolchi tark etdi, biz esa bor-yo'g'i 4ta futbolchini tarkibga qo'shib oldik. Selekciyamizni kerakli nuqtalarni yopishga qaratdik.

- "Nasaf" himoyalanadigan jamoalarga qarshi qiynaladi. Agar bugun "Andijon" himoyaviy uslubni tanlaganda, sizda "B" varianti bor edimi?

- To'g'ri aytyapsiz. Raqib himoyalansa biz qiynlayapmiz. Ushbu muammoga echim topish uchun, biz o'zimiz ham biroz ortga chekinib o'ynamoqdamiz. Shu orqali bo'sh zonalar paydo bo'lmoqda. Pozicion hujumlarda vaziyatlar yarata olyapmiz. Bazi o'yinlarda biz ham himoyalanib, raqibni bo'sh zonalarni taqdim etishga majbur qilyapmiz. Final bir o'yindan iborat. Bizda penaltilarga ham reja bor edi. Agar o'yin seriyaga qadar etib borganida, Cheranni maydondan olmagan bo'lardim.

- O'tgan mavsumlarda siz bilan sherik sifatida Stanoevich va Muhiddinovlar o'ynayotgan edi. Yangi mavsumda esa sof yarim himoyachi sifatida bir o'zingiz harakat qilyapsiz. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmoqdami?

Akmal Mozgovoy: - Biz ancha vaqtdan beri birga o'ynayapmiz. Misol uchun, Umar aka Eshmurodov menga ko'proq oldinga borishni maslahat beradi. Bu masalada muammo yo'q.

- "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix "Nasaf" darvozamiz oldida yaxshi vaziyatlar yarata olmadi dedi. Ushbu fikrga qanchalik qo'shilasiz? Sababi uchrashuvdagi yagona gol ham penaltidan kiritildi. Shuningdek, hujumchilarning bugungi uchrashuvdagi harakatlarini qanday baholaysiz?

- Finallarda ochiq futbol bo'lmaydi. Maks nimalar dedi bilmadim. Bunday o'yinlarda yuz foizlik vaziyatlar deyarli sodir bo'lmaydi. O'ylashimcha, vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo bizga sovuqqonlik etishmadi. Men raqib jamoasi yaxshi tayyorgarlik ko'rganini ayta olaman. Lekin hamma tan olsa kerak, biz bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadik. Biz Superkubokda va Kubokda xet-trik qayd etibmizda?

- Keyingi mavsumdagi Superkubok bahsida ham "Nasaf" sharafini himoya qilasizmi?

Akmal Mozgovoy: - Nasib bo'lsa, ha.

- Mavsumning yarmi o'tib bo'ldi. "Nasaf" esa kuzda Elit OCHLda ishtirok etadi. Jamoa tarkibi ushbu jiddiy musobaqaga tayyormi?

- Kuchaytirishimiz kerak bo'lgan chiziqlarimiz bor. Bizning ajoyib prezidentimiz bor. U kishi bilan bu haqda gaplashib bormoqdamiz. Jamoamizni kuchaytira oladigan munosib futbolchi bo'lsa, jamoaga taklif qilamiz.

- "Nasaf"ni kuchaytirish uchun "katta" transferga ko'l urish kerak-ku?

- Bilasiz, O'zbekistonda "katta" transfer qilishning deyarli iloji yo'q. O'zbek klublarida bunday ishni amalga oshirish imkonsiz. Biz asosan erkin agentlarni olib kelamiz.

- Ronaldu hozir erkin agent...

- Ronaldu katta ehtimol bizni sotib olsa kerak, biz uni emas. O'zbekistondagi klublar o'z imkoniyatidan kelib chiqib o'yinchilarni olib keladi. O'zbekistonda hech kim transfer qilmaydi, barcha jamoalar erkin agentlarni olib keladi. Futbolchi uchun pul to'lay olmaymiz, yaxshi darajadagi erkin agentlarni olib kelib, oyligini to'lab boramiz.

- Jamoani tark etadigan futbolchilar ham bormi?

- Kim ketadi? Xabarlar ko'p chiqaveradi. Bazida APLda o'ynagan super futbolchi "Nasaf"ga kelmoqda deb yozishadi. Bunday gaplarni o'qib, men ham xayron qolaman.

- "Nasaf"da darvozabon muammosi bordek. Ikkinchi darvozabonni qidiryapsizlarmi? Balki akademiyadan yangi iqtidor chiqib qolar.

- O'rinbosarlar jamoasida 2005da yilda tug'ilgan iqtidorli yigitning o'yinini kuzatib boryapman. Uni yaqinda sinab ko'ramiz. Vorobeyga bitta o'yin tufayli baho berib qo'yish noto'g'ri. Uni Turkiyadagi yig'inlarda ko'p sinab ko'rganmiz. Vorobey jamoaga kelishidan avval tarkibimizda terma jamoa darvozaboni borligini va ikkinchi raqamli posbon roliga rozi bo'lishi haqida gaplashganman. Biz uni erkin agent sifatida olib keldik. Umid Ergashev kutilmaganda jamoani tark etdi. Ochig'ini aytaman, klub Umid uchun ko'p narsadan voz kechgan edi. Ergashev deyarli bir yil davomida futbol o'ynamadi, lekin klub unga barcha imkoniyatlarni taqdim etdi va barcha bonuslarni to'lab bergan edi. Umid jamoani kutilmaganda tark etgani sababli Vorobeyni jalb qildik.

Reyting: +6   

Fikrlar

+5   
28 may 04:12:58
Saidjahon
Насаф мухлисларини галаба билан табриклайман тан олиш керак Насаф хозирги кунда Узбекистоннинг энг кучли клуби.Бизга хам Насафни йулини берсин жамоа бу даражага келгунча канча йулларни босиб утди.Бу жамоа ва мухлислари хурматга лойик.
+1   
28 may 05:18:58
Google User
Ro'ziqul aka, g'alaba bilan tabriklayman! Yutuqlar davomli bo'lsin!
+1   
28 may 00:46:44
Artur1801
Қоч насаф келяпти
   
28 may 11:47:42
Tilla
Ха Роналдуни сотиб олишдан ку́ра силани сотиб олиш аааанча арзон туради. Ким пул берса шунга сотилиб кетурасила
-1   
28 may 09:51:28
АЗИЗБЕК ОРДАЙ
Ойбек Бозоров умуман ТЖ га тортмиди.....
-1   
28 may 05:18:19
Шухрат Эргашев
Бердиев уз йулини топиб булган, характер хам яхши, хатосиз инсонни УЗИ йук, худо хохласа ЭЛИТ лигада хам муносиб катнашади бу НАСАФ....2 даврада манимча Насафга Сергевни ижарага олиб куриш керак.
-1   
28 may 00:45:01
Artur1801
Умид кўкармайди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика