So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Ismoil Muhammad: “Uzr men hakam emas, futbolchiman” Yangiliklar

Ismoil Muhammad: “Uzr men hakam emas, futbolchiman”

Kecha OCHLning guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Toshkentning “Bunyodkor” klubi BAAning “Al Ayn” jamoasini qabul qildi va 2:3 hisobida raqiblariga mag'lub bo'ldi.

Ushbu bahsdan so'ng “Al Ayn” klubi himoyachisi Ismoil Muhammad o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bunyodkor” klubi bilan bo'lgan o'yinga 1 oy tayyorgarlik ko'rgandik. Toshkentga tashrif buyurishimizdan avval bizni qanday murakkab uchrashuv kutib turganini bilardik. “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv juda ham og'ir kechdi. “Bunyodkor” ustidan qozonilgan ajoyib o'yin va ajoyib g'alabi bilan barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Endi bundan buyog'iga oldimizda turgan o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak.

Albatta keyingi bosqichga chiqish oson bo'lmaydi, endigida guruh bosqichida 2 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu ikkita bahsda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Bizga qarshi qanday jamoa o'ynishini farqi yo'q. Biz o'z kuchimizga to'laqonli ishonamiz. O'ylashimcha raqib jamoa ham xurmatga sazovor o'yin namoyish etdi. Katta jamoa bo'ladimi yoki kichkinami, mening vazifam maydonda ishonchli harakat qilish. Guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda durang natija qayd etdik. Biz uchun bu yaxshi holat emas edi. Ushbu ikki uchrashuvlar ortda qoldi. Endi guruhdagi uchinchi bahs haqida o'ylashimiz kerak.

“Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda penaltidan urilgan gol haqida hech nima deya olmayman. Uzr men hakam emas, futbolchiman. Mening vazifam maydonda to'p tepish. Agarda penalti bizning darvozamizga belgilanganda ham qo'limdan hech nima kelmasdi. Yaxshiyamki unday bo'lmadi va biz safardagi muhim g'alabani qo'lga kiritdik”, - deydi “Al Ayn” futbolchisi Muhammad Ismoil.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика