So’nggi yangiliklar

15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  0 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  2 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  4 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  12 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  14 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  9

Islombek Karimov: “SHo'rtan” ustidan ahillik evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Islombek Karimov: “SHo'rtan” ustidan ahillik evaziga g'alaba qozondik”

O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichida “SHo'rtan”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “UzDongJu” endi 25 mart kuni “Lokomotiv”ni qabul qiladi.

G'uzorliklar darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi Islombek Karimov uchrashuvdan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi raqib “SHo'rtan” oliy liga jamoasi edi. SHunday bo'lsada g'alaba qozonib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Uchrashuv avvalida bosh murabbiy bizga raqib tezkor o'yin namoyish etishini bildirgandi. SHu bois qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynashimiz kerakligini uqtirgandi. Guvohi bo'lganingizdek murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan taktika o'zini oqladi. Qarshi hujumda mehmonlarni jazoladik.

- “SHo'rtan” sobiq jamoam. Bu klubga qarshi o'yinda nimanidir isbotlash uchun harakat qilganim yo'q. Lekin yashirmayman oliy liga klubi bo'lgani tufayli shunga monand tayyorgarlik ko'rgandim. 


- Gol urib, jamoamning g'alabasiga hissa qo'shishni juda-juda istagandim. Raqib darvozasini ishg'ol etishimga deyarli 70-80 foiz ishongandim. Albatta maqsadimga erishganimdan xursandman.

- Bizda ichki muhit alo darajada. Futbolchilar o'rtasda munosabat yaxshi yo'lga qo'yilgan. “SHo'rtan” ustidan ham ahillik evaziga g'alaba qozondik degan bo'lardim.

- Endi keyingi bosqichda “Lokomotiv” bilan o'ynaymiz. Mamlakatimizning etakchi klubiga qarshi bahsga ham astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Bu jamoa haqida ortiqcha tarifga xojat bo'lmasa kerak. Kuchli tarkibga ega. SHunday bo'lsada oldindan taslim bo'lmoqchi emasmiz. SHu kuni o'z maydonimizda muxlislarimizni quvontirish uchun g'alaba maqsadida bor kuchimizni ishga solamiz. Futbolda oldindan tahmin qilib bo'lmaydi. To'g'ri, bo'lajak bahsda toshkentliklar favorit. Lekin biz ham qarab turmaymiz.

Islombek Rustambekov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика