"Liverpul" 120 mln evrolik ikkinchi transferini tayyorlamoqda
08 iyu 14:22
Yangiliklar


"Liverpul" 120 mln evrolik ikkinchi transferini tayyorlamoqda
"Nyukasl" forvardi Aleksandr Isak yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, "Nyukasl" o'z etakchisini yo'qotmoqchi emas va u bilan yangi shartnoma tuzishga umid qilmoqda. Ammo, "Liverpul" futbolchining transfer jarayonini tezlashtirishga tayyor. Ular shveciyalik hujumchi uchun 120 million evro (100 million funt) berishga rozi.
25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 27 ta gol urgan.
Avvalroq, "Liverpul" germaniyalik pleymeyker Florian Vircni klub uchun rekord summa - 130 mln evrodan ko'proqqa sotib olishga urinayotgani malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar