So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Islombek Ismoilov: "KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Islombek Ismoilov:

— Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o'yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o'yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo'ldik. Bir qancha taktik xatolar ham kuzatilgan, biroq ularga qarshi oson o'yin bo'lmasligi aniq. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


Turnir davomida jamoa ko'rsatayotgan o'yin va futbolchilar motivaciyasi haqida

— Musobaqa davomida ko'rsatayotgan o'yinimiz faqat motivaciya samarasi emas, murabbiylar shtabi va jamoa shifokorlari katta hajmda mehnat qilmoqda. Toif shahri dengiz sathidan deyarli 1900 metr balandlikda joylashgan. Bu erda futbol o'ynash oson emas. Futbolchilar doimiy ravishda intensiv va yuqori darajada o'ynay olishlari uchun birinchi navbatda to'g'ri tayyorgarlik muhim o'rin tutadi. Har bir uchrashuvdan oldin va keyin futbolchilarimiz bilan ham taktik, ham psixologik suhbatlar o'tkazamiz. Erishayotgan natijalarimiz jamoa mehnati samarasidir.


Har ikki jamoa musobaqada ko'p gol urayotgani haqida

— Ikki hujumkor jamoa o'yiniga guvoh bo'lamiz. Bizning o'z strategiyamiz va tanlagan yo'limiz bor. Maqsadimiz doim hujumkor futbol namoyish etish. O'z himoyamizni raqibning uchinchi zonasida qurishga harakat qilamiz. Bu shuni anglatadiki, jamoamiz doimiy ravishda yuqori pressingda harakat qiladi. Biz yillar davomida aynan shu uslub uchun harakat qildik. Har qanday raqibga qarshi o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz. To'g'ri, o'yinning borishiga qarab futbolchilarning maydondagi harakatlariga biroz o'zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Lekin asosiy g'oyamiz o'zgarmaydi. Shu bilan birga, raqibning kuchli hujum chizig'ini to'xtatishga va o'zlari uchun qulay uslubda harakat qila olmasligi uchun harakat qilamiz.


Sadriddin Hasanov:

— Ertaga KXDR jamoasiga qarshi o'yin o'tkazamiz. Uchrashuvga yuz foiz tayyormiz. Nasib qilsa, oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz yo'lida hech bir jamoa to'siqinlik qila olmaydi. Murabbiylarimiz ko'rsatmasi bilan har bir uchrashuvda borimizni beramiz va o'zimizga yuklatilgan vazifalarni mukammal tarzda bajarishga harakat qilamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика