So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Aziz Asimov va Rahim Karimov o'z arizasiga ko'ra ishdan ketgan, Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov va Firdavs Norsafarovga qo'llangan cheklov olib tashlangan - O'FA Etika qo'mitasi Yangiliklar

Aziz Asimov va Rahim Karimov o'z arizasiga ko'ra ishdan ketgan, Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov va Firdavs Norsafarovga qo'llangan cheklov olib tashlangan - O'FA Etika qo'mitasi

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston professional futbol ligasining 2025 yilning 9 yanvarida yuborgan 01/10-sonli xatiga asosan O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarning sport musobaqalari natijalariga tasir o'tkazishga aloqadorligi to'g'risidagi ish ko'rib chiqildi.

O'FA Etika qo'mitasiga taqdim etilgan hujjatlarga asoslanib, qo'mita tomonidan O'zbekiston futbol hakamlari markazi sobiq hakamlari Aziz Asimov va Rahim Karimov faoliyatida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari uchun o'z arizalariga ko'ra hakamlik faoliyati tugatilgani, shuningdek, faoliyatida texnik xatolarga yo'l qo'ygan hakamlar Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov esa hakamlik faoliyatidan malum muddatga chetlashtirilganligi aniqlandi.

O'FA Maxsus inspekciyasi tomonidan nomlari yuqorida keltirilgan hakamlar bilan profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilgan hamda ular o'z faoliyatida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarini to'liq tushunib etganlar. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bu kabi holatlarni oldini olishi bo'yicha barcha imkoniyatlarini ishga solishini bildirib o'tganlar.

Etika qo'mitasi tomonidan O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovga nisbatan vaqtinchalik O'zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan Superliga, Pro liga, Birinchi liga, O'zbekiston Kubogi va Superkubogi kabi musobaqalarda faoliyat olib borishga nisbatan qo'llanilgan cheklovlar (chetlatishlar) muddati tugaganligi bois, ularning hakamlik faoliyatini qayta tiklanishi taminlanishi bo'yicha qaror chiqarildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика