34 yillik orzu ushaldi! O'zbekiston JCHda!
05 iyu 22:45
Yangiliklar


34 yillik orzu ushaldi! O'zbekiston JCHda!
JCH 3-saralash bosqichi
"A" guruhi. 9-tur
BAA – O'zbekiston 0:0
Abu-Dabi. "Al Nahayyon" stadioni. 21:00
Bosh hakam: Shon Evans
Qanot hakamlari: Jorj Lakrindis, Ouen Goldrik
Zaxira hakami: Jonatan Barreyro
VAR: Aleksandr King
AVAR: Keyt Yacevich
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev (13.Sherzod Nasrullaev, 65), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odiljon Hamrobekov (20.Hojimat Erkinov, 85), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Abdurauf Bo'riev, 85), 11.Oston O'runov (22.Abbos Fayzullaev, 14), 14.Eldor Shomurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 6.Akmal Mozgovoy, 8.Jamshid Iskanderov, 18.Abdulla Abdullaev, 19.Azizbek Turg'unboev, 21.Igor Sergeev.
BAA: 17.Holid Eysa, 3.Lukas Pimenta, 4.Kuado Kuame, 6.Abdalla Ramazon, 7.Ali Solih (20.Yahyo Ali, 62), 8.Majid Hassan, 10.Fabio Lima (9.Harib Abdalla, 77), 16.Markus Vinisius, 18.Kayo Lukas, 19.Holid Ibrohim, 21.Luan Pereyra 11.Kayo Kanedo, 77).
Zaxira: 1.Ali Hasif, 22.Hamad Abdulla, 2.Sasha Ivkovich, 5.Muhammad Abdulbosit, 12.Halifa Muborak, 13.Badir Nossir, 14.Abdilrahmon Solih, 15.Yahyo Nodir, 23.Bruno De Oliveyra.
Ogohlantirishlar: Husniddin Aliqulov (55), Kayo Lukas (74).
90+8. O'yin tugadi! O'ZBEKISTON JAHON CHEMIPIONATIDAAAAAA!
90+8. O'tkir Yusupooooooovdan super seyv!
90+6. Hojimat Erkinov aut ishladi.
90+5. Burchak to'pi samarasiz ketdi.
90+2. O'tkir Yusupov tibbiy yordam olmoqda.
90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.
88. Hakamdan kamroq vaqt qo'shishini so'raymiz :)
85. O'zbekistonda 2 ta almashtirish: Hamrobekov o'rniga Erkinov, Masharipov o'rniga Bo'riev o'yinga qo'shildi.
83. O'zbekistonda 3 ta o'zgarish bo'ladi.
81. Eldor Shomurodov to'pga egalik qilib, birin-ketin raqiblarni ortda qoldirdi, ammo to'p biroz uzoqlashib ketishi oqibatida uni Eysa egalladi.
77. BAAda 2 ta o'zgarish: Luan Pereyra o'rniga Kayo Kanedo, Fabio Lima o'rniga Harib Abdalla uchrashuvni davom ettiradi.
76. Bugun o'yinni ko'rish uchun stadionga 9820 tomoshabin kelgani elon qilindi.
74. Otabek Shukurovni yiqitgan Kayo Lukas ogohlantirildi.
74. Otabek Shukurovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Shundan so'ng O'tkir Yusupov tepgan to'p raqib posboniga qadar etib bordi.
71. Kayo Lukas Abduqodir Husanov tegmagan bo'lsa-da, maydonga yotib oldi. Bu orada o'zini bosib turolmayotgan Kosmin Olariu ogohlantirildi.
70. Zarbaaa! Fabio Limaning erlatib yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi. Tasanno!
68. Zarba! Husniddin Aliqulovning olisdan poylagan zarbasiga aniqlik etishmadi. O'zi bugun umuman aniqlik etishgani yo'q. Manzilga aniq borgan zarbani ham eslolmayapman. Gol urish uchun aniq zarba kerak.
65. O'zbekistonda almashtirish: Sayfiev o'rniga Nasrullaev maydonga tushdi.
63. Raqib bilan to'qnashuvda Farruh Sayfievning oyog'i lat edi, unga tibbiy yordam namoyish etilmoqda. Masharipov esa o'zgarish ham so'radi.
62. BAAda almashtirish: Ali Solih o'rniga Yahyo Ali tushirildi.
60. Vau! Lukas Pimentaning bosh bilan bergan zarbasidan keyin O'tkir Yusupov jamoa joniga ora kirdi!
55. Husniddin Aliqulov "podkat" bilan raqibni to'xtatmoqchi bo'ldi, biroq raqibga nisbatan qoidani buzib qo'ydi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
53. Uuuux! Alijonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Fayzullaevning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'sinini titratdi.
52. Alijonov to'ni olib qo'ygan, terma jamoa qarshi hujumga o'tdi va Fayzullaev Shomurodovni aniq pas bilan taminlashda adashdi.
51. Sayfievning Shomurodov tomon yaxshi o'ylangan pasini Holid Eysa egallab oldi.
49. Termamiz sardori Eldor Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqib borishiga so'nggi himoyachi to'sqinlik qildi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus!
45+3. Masharipovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni bartaraf etishdi.
45+2. Alijonovning uzatmasidan so'ng Masharipov ichkarida himoyachi bilan to'qnashib ketib yiqildi. Referi uning holidan xabar olmoqda.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. Majid Hassan Otabek Shukurovga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakamga etiroz ham bildirdi.
41. Tajribali futbolchilar boshlab bergan hujum raqib himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborishi bilan yakun topdi. Bu Alijonovning Fayzullaev tomon pasi edi.
40. Hojiakbar Alijonov to'p uchun kurashda qoida buzdi deb topildi.
38. Uuuux! Ali Solih bergan zarba juda xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.
37. BAA foydasiga jarima zarbasi belgilandi. Husanov Kayo Lukasga nisbatan qoidani buzdi.
35. Hozircha na bizda, na ularda aytarli vaziyat bor. Ikki jamoa ham ehtiyotkor ravishda harakat qilmoqda.
32. Holid Ibrohimning olisdan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
29. Fabio Limaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Jamoalar bundan foydalangan holda suv ichib olishmoqda va murabbiylar ko'rsatmalari tinglanmoqda.
26. Abbos Fayzullaev chap qanotda ikki raqibni aldab, ichkarida turgan Shomurodovga pas uzatdi, ammo himoyachilar hushyor turishganini ko'rsatishdi.
25. O'zbekiston to'pni egallagan holda o'yin nazoratini qo'lga oldi. "Temuriylar keldi, Boburiylar keldi" degan hayqiriq yangramoqda.
22. Mezbonlar hujumchisi Ali Solih havodagi kurash chog'ida Rustam Ashurmatovni itarib yubordi, standart.
18. Rustam Ashurmatov raqib hujumchisiga to'sqinlik qilib, foydamizga to'pni saqlab qoldi, erkin zarba.
17. Fayzullaev to'pni qanotdan ichkariga oshirishga harakat qildi, to'p raqibdan maydondan chiqib ketdi, ammo hakam erkin zarbani ko'rsatdi.
16. BAA to'p nazoratini qo'lga olgan, bu paytda esa o'zbekistonlik muxlislar termamizni faollikka chaqirmoqda.
14. O'zbekistonda o'zgarish: O'runov o'rniga Fayzullaev bahsni davom ettiradi.
13. Mezbonlar vakili katta tezlikda oldinga intildi, vaziyat so'ngida Abduqodir Husanov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
11. Abbos Fayzullaev maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
10. Oston O'runovga nisbatan biroz qo'pol harakat qilindi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
8. Mezbon muxlislar favqulodda paydo bo'lib qoldi va qandaydir qo'shiqlar yangramoqda.
5. BAAliklarning ishongan tog'i Fabio Limaning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devorga tegib maydonni tark etdi.
4. Abduqodir Husanov raqib hujumchisi sal tegib qo'ydi, ammo u yotib oldi va hakam jarima zarbasi belgiladi.
3. Eldor Shomurodov birga-bir holatga chiqib ketishiga bir baya qoldi. Mezbonlar himoyachisi so'nggi lahzada oyoq qo'yishga ulgurdi.
1. O'yin boshlandi! Olg'a, O'zbekiston!
- Ikki jamoa azolari maydonga chiqib kelishdi va madhiyalar yangrab o'tdi.
- Uchrashuv boshlanishiga 20 daqiqa qoldi.
- Futbolchilar chigil yozdi mashg'ulotlarni yakunlab, kiyinish xonasiga yo'l oldi.
- "Al Nahayyon" stadionida mehmonlar uchun ajratilgan sektorda deyarli joy qolmadi. Stadion tashqarisida ham xuddi shuncha o'zbekistonlik muxlis bor... (VIDEO)
O'zbekiston terma jamoasi azolari stadion holatini o'rganib chiqdi
- Bahs boshlanguniga qadar O'zbekiston MTJning "Al Nahayyon" stadioniga yo'l olishi va saytimiz fotosuratchisi Jahongir Fayzullaevning stadiondagi muammolar haqida olgan videosini ko'rib turing.
- Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00, Toshkent vaqti bilan esa 21:00 da boshlanadi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zi uchun tarixiy bellashuvda mezbon BAA bilan to'qnash keladi. Uchrashuvni siz bilan kamina Sherzod Nurmatov Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadionidan turib birgalikda kuzatib boramiz. Bugun vakillarimizni hatto durang ham qoniqtiradi va biz JCH-2026ga yo'l olamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Abbos shakarsan shakar.
Yaxshi niyat bilan boshlab, yaxshi yakun bilan tugataylik !!!
Amin...!!!
Худо хохласа КАТАНЕЦ МТЖмизни ўзи олиб бориш керак!! Насиб бўлиб соғайиб келса зўр бўларди..