So’nggi yangiliklar

15:50"Бухоро": Саломов ва Хомяков ишдан кетмади  0 15:02Эндрик "Реал"дан кетмоқда  1 14:38"Реал" "Ренн"нинг 20 ёшли марказий ҳимоячиси Жакени кузатиб бормоқда. У Лига 1 мавсумида 15 та ўйин ўтказди  1 14:10Лаутаро Мартинес "Барселона"ни кучайтириши мумкин  0 13:41Суперлига–2025: Уйда "Нефтчи", меҳмонда "Динамо" чемпион. Рақам ва фактлар  8 13:08ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?  23 12:53Мауро Икарди "Милан"га йўл олиши мумкин  1 12:21Тебас Хаби Алонсони қўллаб-қувватлади: "Реал" қийинчиликлардан чиқишни билади"  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўйинлари ўзбек шарҳида, “Барса” ва бошқалар  0 11:24"Галатасарой" Рюдигерни қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Реал"нинг 32 ёшли ҳимоячиси таклифларга очиқ  3 10:45Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди  0 10:17"Бунёдкор" сардори жамоани тарк этди  9 09:50МЮ сардорига нарх қўйди  2 09:22"Реал Мадрид" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи  4 08:55Аморим "Борнмут"га қарши ўйин олдидан "Манчестер Юнайтед" футболчиларининг жароҳатлари ҳақида гапирди  0

O'zbekistonni chempion qilgan Islombek Ismoilov finaldan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

O'zbekistonni chempion qilgan Islombek Ismoilov finaldan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv va chempionlik xususida fikr bildirdi.

Avvalo, O'zbekiston xalqiga g'alaba muborak bo'lsin. Bu g'alaba zamirida juda ko'pchilikning mehnati yotibdi. So'nggi yillarda yurtboshimiz sportga, ayniqsa futbolga alohida etibor qaratmoqda. Buning uchun tashakkur aytamiz. Shuningdek, O'FA rahbariyati, Xalqaro aloqalar va Terma jamoalar bo'limi hamda bizning jamoamiz uchun mehnati singgan har bir insonga minnatdorlik bildiramiz. O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan shu kunga qadar biz uchun juda ko'plab yig'inlar tashkil etildi, xalqaro turnirlarda ishtirok etishimiz uchun sharoit yaratib berildi.

Vatanimiz doimo qahramonlar, mard insonlar yurti bo'lgan. Buni futbolchilarimiz yana bir bor maydonda ko'rsatib berishdi. Fantastik o'yin bo'ldi, bu jasorat, matonat namunasi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular imkonsiz vazifani bajarishdi. Hissiyotlarimizni so'z bilan tariflab bo'lmaydi. Oldimizda yanada muhim turnir bizni kutmoqda. Jahon chemionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz.

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика