So’nggi yangiliklar

03:10АПЛ. "Ливерпуль" кутилмаганда сўнгги ўриндаги "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  12 03:08Италия кубоги. "Комо" ва "Интер" ўртасидаги ярим финалнинг илк ўйинида ҳисоб очилмади  2 03:00Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди  127 00:33Туркия кубоги. "Истанбул Башакшехир" ғалаба қозона туриб мағлубиятга учради ва мусобақадан чиқиб кетди, Шомуродов ва Файзуллаев тўлиқ ҳаракат қилди  21 00:16Атланта шаҳри Жаҳон чемпионати давомида Ўзбекистон миллий терма жамоси базаси вазифасини ўтайди  2 00:05"Барселона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  34 23:40Илҳом Мўминжонов: "ПРО-Лига янги мавсуми жуда қизиқарли ўтишига ишончим комил"  0 23:01"Барселона" Бастонини ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Интер" нархни эълон қилди  1 22:13"Пахтакор-Фарм" устози Бобур Абдураҳмонов: "Про лига ёш футболчилар учун яхши тажриба бўлади"  0 21:10Родриго учун мавсум якунланди  13 21:01Азамат Алланиёзов: "Арал"нинг мақсади — чемпионлик, мавсум бошланишини сабрсизлик билан кутяпмиз"  0 20:33"Астон Вилла" "Манчестер Сити" дарвозабонига кўз тикди  0 19:58"ТерДУ" устози Элдор Бойматов: "Қуръа яхши бўлди, университет жамоалари кутилмаган совға қила олади"  0 19:34"Милан" Жексонга кўз тикди  4 19:07Англия футбол ассоциацияси VAR'дан фойдаланишда инқилобий ўзгариш тайёрламоқда  3

Qarshidagi "Markaziy" stadion chimi yangilanadi Yangiliklar

Qarshidagi "Markaziy" stadion chimi yangilanadi

Teglar :  NasafMarkaziyO'zPFL
"Nasaf" klubi o'z uy stadioni chimini yangilaydi, yangi mavsum uy uchrashuvlari G'uzorda qabul qilinadi.

"Kecha — 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshi shahrida bo'lib, "Nasaf" klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Markaziy stadion bo'yicha rejalar bo'yicha uchrashuvda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi direktori Shuhrat Aslanov ham bevosita ishtirok etdi. 

"Qarshi Markaziy" Respublikaning eng oldi stadionlaridan bo'lib, u xalqaro bellashuvlarga mezbonlik qilish bo'yicha ham katta tajribaga ega. Maydon parvarishi, uning tekislik yuzasi, drenaj va sug'orish tizimi bir necha yillardan buyon yaxshi holatda. Biroq pandemiya davridagi uzilishlar sabab maysa ichida qator begona o'tlar paydo bo'ldi va shunday holatda ham Nasaf 5 yil davomida maydonni yaxshi saviyada ushlab turdi.

Avvalroq Nasaf 2025-yil davomida oldindan harakat qilib, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli hududda yangi maysa plantaciyasini tashkil qilgani haqida xabar bergandik. O'tgan davr davomida maysa to'liq parvarish qilindi va ayni vaqtda u yaxshi holatga kirib ulgurdi. Qarshidagi Markaziy stadion maysasi yangisiga almashtiriladi

Shundan kelib chiqib, yangi mavsum oldidan Markaziy stadiondagi amaldagi maysa olib tashlanib, unga plantaciyadagi maysa yotqizilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik mazkur tajriba amalga to'liq tadbiq etiladi. Sir emaski, Nasaf klubi har yili kamida 1 ta stadionli maysani qolgan klublarga ham etkazib berish bilan shug'ullanib keladi.

Stadion bo'yicha keng ko'lamli amaliy ishlar tez orada boshlanadi. Rejaga ko'ra, "Markaziy" maydoni kelasi yilning aprel oyida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo'ladi. Unga qadar "Nasaf" o'zining uy uchrashuvlarini Sho'rtan maydonida o'tkazadi. Bunda bir jihatga etibor qaratish lozim, agar yangi maysa stadionning o'zida ekilganida, "Nasaf" iyun oyiga qadar neytral maydondan foydalanishiga to'g'ri kelardi. Plantaciyadagi tayyor maysa esa muddatni yaqinlashtirish uchun xizmat qiladi. 

Liga va klub o'rtasidagi uchrashuvda kelasi yil uchun mo'ljallangan qator boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi. Ishchi guruh Proliga masalasida ham o'rganishlarni amalga oshirayotgan bo'lib, Qarshidagi "Geolog" stadioni va uning kelgusidagi rejalari xususida ham kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, "Beshkent" majmuasi ham ko'zdan kechirildi. Mazkur hudud Liganing kelgusidagi loyihalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ishonamizki, 2026-yilgi mavsumda "Markaziy" stadioni yangi qiyofa kasb etadi. Liga "Nasaf" klubining siyosati va rejalarini to'liq qo'llab-quvvatlaydi hamda ishga bo'lgan professional yondashuvini qadrlaydi", -deyiladi O'zPFL xabarida.


Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
10 dek 22:13:47
Ўзбек футболининг муҳлиси
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Farg'onadagi Istiqlol stadioni maysasi yozni issig'i va qishda ham ideal holatda bo'ldi.Hokim X.Bozorov haqiqatan ham futbolga qattiq qiziqar ekan
Наманган вилояти ва Қашқадарё вилояти собиқ ҳокимлари раҳматли Бургутали Рапиғалиев ва Нуриддин Зайниевлардан кейин Х. Бозоров ҳам жуда зўр футболга эътибор беряпти
+1   
10 dek 22:03:54
Soccerland777
Zato Gʻuzordagi maydon chimi rasvo boʻladi
   
10 dek 21:58:08
leva8989
Farg'onadagi Istiqlol stadioni maysasi yozni issig'i va qishda ham ideal holatda bo'ldi.Hokim X.Bozorov haqiqatan ham futbolga qattiq qiziqar ekan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика