Rodrigo uchun mavsum yakunlandi
03 mar 21:10
Yangiliklar
Rodrigo uchun mavsum yakunlandi
"Real" futbolchisi Rodrigo jarohati sababli deyarli bir yilni o'tkazib yuborishi mumkin.
"Real" vingeri Rodrigo og'ir jarohat tufayli juda uzoq muddatga safdan chiqdi. Braziliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi La Liganing 26-turida "Xetafe"ga qarshi kechgan (0:1) o'yinda tizzasidan jarohat oldi. Avvalroq Rodrigoning xochsimon boylamlarini yirtib olgani, mavsum oxirigacha safdan chiqqani va JCH-2026 da o'ynamasligi xabar qilingan edi.
"Real Madrid" futbolchiga o'ng oyoq oldingi xochsimon boylami va lateral meniski yirtilgani tashxisi qo'yilganini rasman elon qildi.
Jurnalist Arancha Rodrigesning takidlashicha, hujumchi 10 oyga safdan chiqqan.
Rodrigo joriy mavsum La Ligada 19 ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 4 (1+3) ochko to'plagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar