So’nggi yangiliklar

19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  3 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  5 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   6 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1

Islombek Ismoilov: "Finalda o'ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Finalda o'ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchimiz Sayfiddin Sodiqov final uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Finalda o'ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik. Saudiya Arabistoni kuchli terma jamoalardan biri. Ularga qarshi ko'p marta o'yin o'tkazdik. Lekin final o'z nomi bilan final, oldimizda masuliyatli vazifa turibdi. Har ikki jamoa g'oliblikni qo'lga kiritishni maqsad qiladi. Asosiy maqsadimiz ertangi bahsda g'alaba qozonib, xalqimizni xursand qilish", - dedi jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov.


Finalga tayyorgarlik haqida
— Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Turnirda oson uchrashuvning o'zi yo'q. Final ham qiyin o'tadi, sababi ruhiyat birinchi o'ringa chiqadi. Biz futbolchilarni har tomonlama o'yinga ideal holatda tayyorlash uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Barcha futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor holatda, baxtimizga hech bir futbolchimiz jarohat olmadi. Umid qilamizki, ertaga jamoamiz eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatib, g'alaba qozonadi.



Final oldidan futbolchilar ruhiyati haqida
— Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz, lekin hech bir jamoadan qo'rqmaymiz. O'z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g'alaba qozonmoqchimiz. Buni futbolchilarimizga ham takidlab kelmoqdamiz. KXDRga qarshi bahsga ham ruhiy jihatdan ko'proq etibor qaratdik. Bu yoshdagi futbolchilarda ruhiyat o'zgaruvchan bo'ladi. Futbolda bir holat ikkinchi bor takrorlanmaydi. Biz o'tgan o'yindagi natijani unutib, eng asosiy uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

"Ertangi o'yindagi raqibimiz Saudiya Arabistoni, bu jamoa bilan bir guruhda o'ynadik, ularni juda yaxshi bilamiz. Guruh bosqichidagi g'alaba bizni bo'shashtirmaydi. Finalga ruhan va jismonan tayyormiz. Ochilish uchrashuvida biroz hayajonlandik, lekin murabbiylarimiz ko'rsatmasi bilan o'yindan-o'yinga o'zimizni yaxshi his qila boshladik. G'alaba qozonib, kubokni yurtimizga olib ketmoqchimiz", - dedi Sayfiddin Sodiqov.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика