Mayk Menyan APL grandi safiga o'tishga yaqin
08 iyu 13:56
Yangiliklar


Mayk Menyan APL grandi safiga o'tishga yaqin
Mayk Menyan "Milan"dan "Chelsi"ga 18 mln evro evaziga o'tadi.
Klublar 29 yoshli darvozabonning transferi bo'yicha kelishib olishdi. Bitimning yakuniy tafsilotlari bugun yoki dushanba kuni kelishib olinadi.
Dastlab "Chelsi" kelishuvga o'z darvozabonlaridan birini, xususan, Jorj Petrovich va Kepa Arrisabalagani qo'shishga harakat qildi. Bu variant "Milan"ga maqul kelmadi. So'ngra "ko'klar" 15 mln evro taklif qilishdi, "rossonerilar" bunga rozi bo'lishmadi. Yakunda tomonlar 18 mln evroga kelishib olishdi.
Menyan "Milan"da 4 yil o'ynadi. Malumot uchun, franciyalik futbolchi A Seriyaning yakunlangan mavsumida 37 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar