So’nggi yangiliklar

08:18Ямаль Миллатлар Лигаси Испания — Франция ярим финал учрашувининг энг яхши футболчиси  0 07:38“Интер“нинг янги бош мураббийи маълум  2 06:34ЖЧ-2026 саралаши. БАА – Ўзбекистон 0:0, Орзулар ушалган ўйин  5 02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  16 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  14 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   54 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  13 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  18 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  13 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   41 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  13 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  16 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  46

Islom To'xtaxo'jaev - yangi jamoasi, tayyorgarlik va Xitoydagi holat haqida Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev - yangi jamoasi, tayyorgarlik va Xitoydagi holat haqida

2019 yilning so'nggi kunlarida Xitoyning "SHenyang Urban" klubi bilan shartnoma imzolagan Islom To'xtaxo'jaev saytimizga kichik intervyu berdi.

- Xitoydagi hayotingiz qanday boshlandi?
- Fevral oyi ohirlarida Xitoyga kelgandim. Deyarli bir oy davomida uyim oldidagi stadionda individual tarzda mashg'ulotlarda qatnashdim. Hozirda SHenyang shahrida jamoa bilan mashg'ulotlar olib boryapmiz.

- Demak, barcha jamoalar mashg'ulotlarni boshlashgan?
- Ha, shunday.

- Xitoydagi holat qanday?
- Hammasi yaxshi tomonga o'zgargan. Do'konlar, super, gipermarketlar ishga tushgan. Odamlar deyarli ozodlikka chiqqan. Umuman olganda Xitoydagi holat anchagina yaxshi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?
-  Uch hafta oldin mashg'ulotlarni boshladik. Barchasi bir maromda olib borilyapti. Tayyorgarlikning dastlabki bosqichini o'tayapmiz. Hozircha sinov-nazorat o'yinlari o'tkazilmadi.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Ushbu mavsumda 1-o'rinni egallab, yuqori ligaga chiqish.

- Jamoa tarkibida yana legionerlar bormi?
- Ha, Janubiy Koreya va Kongodan futbolchilar bor. Tarkib yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Jamoamiz rahbariyat qo'ygan vazifani bajara oladigan darajada ekanligiga ishonaman.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика