So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  0 18:02Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  3 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  9 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  5 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  2 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7

Islambek Seytnazarov: "Superligaga chiqish niyatimiz bor, ammo..." Yangiliklar

Islambek Seytnazarov: "Superligaga chiqish niyatimiz bor, ammo..."

Pro liga 4-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Aral Samali" (4:0) uchrashuvi yakunlandi.

O'yindan keyin "Aral Samali" sport direktori Islambek Seytnazarov fikrlarini bildirib o'tdi. 


"Yaxshi o'yin guvohiga aylandik. "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Navbatdagi bahslarda omad tilayman. Biz keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi Islambek Seytnazarov. 

- Bugungi qaydnomadan bosh murabbiy Timur Turdiev o'rin olmadi. Qolaversa, jamoa shifokori ham yo'q... 

- Timur Turdiev Pro licenziyasiga o'qimoqda. Hozir Qozog'istonda. SHifokorimiz Nukusda. SHifokor bor, faqat sport shifokori yo'q. Hozircha yordamchi murabbiy ham yo'q. 

- "Aral Samali" 20 yildirki, Superligada qatnashayotgani yo'q. Bu borada maqsad bormi?

- Albatta, niyatimiz bor, ammo stadionimiz, qarorgohimiz tayyor emas. 

- Futbolchilar ilk daqiqalardan mag'lubiyatga uchrashi aniqdek ishtiyoqsiz harakat qildi. Bunga sabab nima?

- G'alabaga bo'lgan ishtiyoq bor. Jamoamiz azolarining yarmi o'zgardi. Tarkibimizda o'tgan yilgi o'yinchilardan 5-6 nafari qoldi. Yigitlar so'zsiz yutuq uchun harakat qilishdi, biroq hammasi kutilganidek bo'lib chiqmadi.

- Klub rahbariyati jamoaga etibor qaratyaptimi?

- Hozirda Qoraqalpog'istonda Birinchi ligada va Pro ligada jamoalar bor. Biz xususiy sektorga qarashlimiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика