So’nggi yangiliklar

19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  1 19:34Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади  7 19:11"Барселона" ва "Реал" Испания Кубоги финали учун қайдномани эълон қилди  2 18:49Моуринью Португалия терма жамоаси бош мураббийига айланишга яқин  3 18:22"Бавария" икки футболчисини сотмоқчи  0 17:55Пепе "Барселона" – "Реал" тўқнашуви бўйича тахминини билдирди  16 17:27"Барселона" собиқ дарвозабони Вальдес испан жамоасини бошқаради  2 16:59"Ал Насср" Роналдуга 100 млн евролик янги шерик топди  3 16:30Сеск Фабрегас АПЛ жамоасининг бош мураббийи бўлиши мумкин  1 16:03Войцех Шенсни чекиши ҳақида: "Мендан ўрнак олманглар"  5 15:37Кейн АПЛга қайтиши мумкин. "Бавария" қўйиб юборадими?  3 15:10БАА – Ўзбекистон учрашуви учун ўзбекистонлик мухлисларга нечта чипта тақдим этилади?  18 14:27Элит ОЧЛ қайтмоқда. Бугун чорак финалга старт берилади  10 13:57Англия топ-клублари "Golden Boy"га даъвогар футболчи учун курашмоқда  1 13:29ЕЧЛ плей-оффида қўшимча таймлардан воз кечилади, дастлабки 8 ўринни эгаллаганлар жавоб учрашувларини уйида қабул қилади  8

Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi minglab muxlislar qurshovida o'ynash? Biz aynan shuni istaymiz" Yangiliklar

Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi minglab muxlislar qurshovida o'ynash? Biz aynan shuni istaymiz"

U-23 Osiyo Kubogi "B" guruhi 3-turi doirasidagi Iroq U-23 - Kuvayt U-23 o'yini 3:1 hisobida yakunlandi.

O'yindan so'ng Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup qatnashdi. Murabbiy matbuot anjumani davomida O'zbekistonga qarshi o'yin haqida ham gapirdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz...

- Albatta, biz hozir baxtlimiz. Guruhdan chiqqanimizdan juda mamnunmiz. Bugungi g'alaba ham ajoyib bo'ldi. Ammo bu o'yin shaxsan men uchun juda qiyin bo'ldi. O'yinning boshida mag'lub bo'layotgandik. Umuman olganda xursandmiz. Oxirgi daqiqalargacha kurashdik, ishondik va g'alaba qozondik. Endi esa mezbon O'zbekiston terma jamoasi bilan bahs olib boramiz. O'zbekiston biz uchun juda jiddiy va kuchli raqib. 

- O'yinchiga savol, Quvayt birinchi bo'lib gol urganda qanday hayollar o'tdi?

- G'alabadan juda xursand bo'ldim. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan baxtliman. Butun Qarshi shahriga rahmat aytaman. 

- O'yindan avval faqatgina g'alaba sizlarni qoniqtirardi. SHu haqida gapirsangiz...

- Hamma o'yinchilarim bahsdan oldin faqatgina g'alaba ularni keyingi bosqichga olib chiqishini bilardilar. SHu bilan birga, biz Avstraliya va Iordaniya termalari o'rtasidagi o'yinni kuzatib bordik. Agarda ular 2:2 hisobini qayd etishganda biz keyingi bosqichga chiqa olmasdik. Biroq biz kimdir g'alaba qozonishiga ishongandik. Oxirgi qadam doim eng qiyini bo'lgan. Sababi, jamoamiz ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchragandi. Ammo o'yinchilarimning so'nggi ikki kunda o'zlariga ishonayotganlari yaqqol ko'rindi. Bitta gol o'tazib yuborish keyin penalti qabul qilib olish va shundan so'ng 3:1 hisobida g'alaba qozonish juda qiyin ish.

- Keyingi raqibingiz O'zbekiston. Ularning Qarshidagi o'yinlarini tomosha qilasizmi?

- Albatta, dastlab mehmonxonaga boraman va shundan so'ng o'yinga qaytaman. Men o'yinni stadionda turib tomosha qilaman. O'zbekiston Qatar darvozasiga oltita gol urdi va ajoyib o'yin ko'rsatdi. O'zaro o'yinimizga juda ko'p muxlis keladi. Bu haqiqiy futbol bo'ladi. O'zbekistonga qarshi minglab muxlislar qurshovida o'ynash? Biz aynan shuni istaymiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика