So’nggi yangiliklar

17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  1 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  3 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  1 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  5 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  8 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  3 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  1 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  1 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  0 13:40"Ўлдирса ҳам ош ўлдирсин". Доҳада Ўзбекистон U-23 терма жамоаси аъзоларига ош берилди  24 13:15Жасур Абдураимов: "Олимпиадага чиққанимиз ортидан рақибларнинг бизга нисбатан ҳурмати ошади"  9 12:45Германия терма жамоаси аъзоси "Бавария"да ўйнамоқчи  0 12:21U-23 Осиё кубоги. Яна бир легионеримиз клуб ихтиёрига жўнаб кетмоқда  37

Intervyu. Vitaliy Levchenko: "Men uchun futbolchining jamoada o'ynash istagi muhim" Yangiliklar

Intervyu. Vitaliy Levchenko: "Men uchun futbolchining jamoada o'ynash istagi muhim"

Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda "Neftchi" jamoasi uchun mavsum yaxshi o'tdi deya olamiz.

Yil davomida sovrinli o'rinlar uchun kurashib kelgan farg'onaliklar, yakunda beshinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. Klub esa Superliga yakuniga etishi bilanoq transferlarni elon qilishni boshlab yubordi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bu borada "Neftchi" ustoziga bir nechta savollar bilan yuzlandi. 

- Vitaliy Grigorevich, dastlab yakunlangan mavsum haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Mavsum boshida chempionlik uchun kurashish vazifasi qo'yilganmidi yoki natijalar ijobiy ko'rinish olavergach, yo'nalish o'zgardimi?

- "Neftchi" Superligada yaxshi mavsum o'tkazdi, deb o'ylayman. O'yin natijasi va sifatini tahlil qilib aytishim mumkinki, "Neftchi" sekin-asta avvalgi darajasiga qaytmoqda. Jamoa oxirgi turgacha sovrinli o'rinlar uchun kurashdi. Lekin kutilmagan ochko yo'qotishlari kerakli natijaga erishishga imkon bergani yo'q. 

- Boshqa jamoalar bilan solishtirganda, qo'l ostingizdagi tarkibdan kelib chiqib aytganda 5-o'rin qanchalik qoniqarli? 

- Klub o'yin tomonlama ham, natija borasida ham o'sishga erishyapti. Jamoa oldiga doim maksimal maqsadlarni qo'yadi. Afsus qiladigan jihati oldimizga qo'yilgan maqsadga erisha olmadik. Bu bilan to'xtab qolmaymiz va ishlashda davom etamiz. 

- Hakamlar xatosi va jamoalarning o'z yo'l qo'ygan xatolarni tarozi pallasiga qo'yadigan bo'lsak, qaysi biri og'irroq tosh bosadi? 

- Hamma xato qiladi. Murabbiy ham, hakamlar ham. Bu jamoalarning natijalari va turnir jadvalidagi o'rniga, ochkolar yo'qotishiga tasir qiladi. Umid qilamanki, oldindagi mavsumda bunday xatolar kamroq bo'ladi va biz faqat o'yinlarni, natijalarni tahlil qilamiz.

- "Bunyodkor" bilan o'yindan so'ng aytgan fikringiz uchun jarimaga tortildingiz. Umuman fikr sabab jarima qo'llanilganiga munosabatingiz qanday?

- Men hech kimni xafa qilishni va haqorat qilishni istamadim. Har bir insonda hissiyotlar bo'ladi. Ayniqsa muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng murabbiylarda uchrab turadigan holat. Jarimalar ishimizning bir qismi. Menda hech kimga shikoyat, etirozlar yo'q.  

- "Neftchi" barcha klublardan avval transferlarni elon qilishni boshlab yubordi. Yangi kelayotgan futbolchilar ketganlarning o'rnini to'ldirishga, katta vazifalarni bajarishga tayyormi? 

- Men uchun muhimi futbolchining klubda o'ynash istagi. Klub oldida turgan vazifalarni bajarishda unda istak bo'lmasa, qo'yib yuborish yoki sotish kerak. Yangi futbolchilarda o'zlariga, murabbiyga, klubga o'zini ko'rsatish uchun hamma narsa bor. Ularda motivaciya bilan bog'liq muammo yo'q. Har bir futbolchi borini berishga tayyor. 

- Jamoaning qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari rejasi qanday?

- Biz allaqachon tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqqanmiz. Bu tasdiqlangan. 18 dekabr kuni Toshkentda boshlaymiz. Keyin esa rejaga muvofiq Turkiyada mashg'ulotlarni davom ettiramiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика