So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

Intervyu. Feruz Faxriddinov "Nasaf", "Do'stlik-AIN", terma jamoa, Ispaniyadagi shahar va boshqalar haqida Yangiliklar

Intervyu. Feruz Faxriddinov "Nasaf", "Do'stlik-AIN", terma jamoa, Ispaniyadagi shahar va boshqalar haqida

Ertaga futzal bo'yicha XXI milliy chempionat yarim final bellashuvlariga start beriladi.

Ana shu bahslardan oldin 1/2 final ishtirokchilaridan biri bo'lgan Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi to'purari Feruz Faxriddinovni suhbatga chorladik.

- Oldin katta futbol o'ynagansiz, futzalga qanday o'tib qoldingiz?
- 9 yoshimdan futbol bilan shug'ullanib kelaman. O'smir yoshimdan boshlab, Qashqadaryoda 2-ligada, "Nasaf" o'rinbosarlarida, keyin yana ikkinchi ligada o'ynadim. Bu orada qarshilik yigitlar bilan bitta jamoa bo'lib havaskorlar o'rtasidagi mini futbol turnirlarida qatnashib turar edik. Ana shu qiziqish ortidan ayni paytdagi bosh murabbiyimiz Xolbek Yo'ldoshevning ukasi Akrom Yo'ldoshev "Nasaf" nomi ostida jamoa tuzib, havaskorlar o'rtasida o'tkaziladigan Super ligada bir mavsum o'ynadik. U erda yaxshi o'yin va natija ko'rsatdik. Keyingi mavsumda esa jamoamiz Oliy ligada ishtirok etadigan bo'ldi. SHundan beri futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida to'p tepib yuribmiz.

- Nima uchun dastlabki mavsumida juda yaxshi taassurot qoldirgan "Nasaf" Qarshining boshqa bir klubi "Do'stlik-AIN" bilan bitta klubga aylantirildi?

- Har ikkala jamoaning boshliqlari aka-uka bo'lganliklari uchun birlashish jarayonida ortiqcha muammolar bo'lmadi. Ikki klubda ham o'sha paytlari Toshkentdan va vodiydan yaxshi "legioner"lar bor edi. Birlashishdan asosiy maqsad esa ikkita jamoadagi qarshilik o'yinchilarni bitta klub tariqasida o'ynatish bo'lgan. SHu tariqa, Qarshining ikkita jamoasi bir bo'lib, "Do'stlik-AIN" nomi ostida musobaqalarda ishtirok etib kelayapti.

- Aka-uka Xolbek va Akrom Yo'ldoshevlar o'z jamoalarini birlashtirib yuborgach, klubga birdek mablag' ajratishayaptimi yoki bu faqat Xolbek akani zimmasidami?
- SHu kunga qadar Xolbek akaning o'zlari moliyaviy tomonlarga qarab kelayotgan edilar. Bugungi kunga kelib esa Qashqadaryodan homiylar chiqqan. Faqatgina o'sha homiylar pul o'tkazib berishlari kerak.

- "Do'stlik-AIN" futzalchilari bir necha oydan beri maosh olmaganliklar rostmi?
- Bunday holat har qanday jamoada bo'lib turadi. Hamisha bir xil bo'lmaydi. Maoshlar bir necha oyga cho'zilib qolishi mumkin. Bugungi kunda mukofot pullarining yarmini olganmiz, qolganini endi berishadi.

- "Do'stlik-AIN"ning bu mavsumdagi o'yinlari jamoa chempionlikka kurasha olishini ko'rsatayotgandek. Sizning bu haqda fikringiz qanday?
- Bu yil asosiy maqsadimiz - chempionlik. Kubokda ham yaxshi ishtirok etishga harakat qildik, afsuski yarim finalda "Olmaliq"qa kichik hisobda yutqazib qo'ydik (1:2). Endi, bor kuchimiz bilan mamlakat chempionligi uchun kurashamiz.



- 2016 yil "Olmaliq" tarkibida ijara asosida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashdingiz. Xalqaro arenadagi ana shu musobaqa sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Futzalga kirib kelganimda mana shunday xalqaro musobaqada ishtirok etish hayolimga ham kelmagan. O'shanda "Olmaliq"dan taklif bilan chiqishdi va men rozi bo'ldim. Borib tajriba orttirib keldik ("Olmaliq" 2016 yil Tailandda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalida Tailand chempioni "CHonburi Blyuveyv"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqadan chiqib ketgan).

- Joriy yilgi mavsum oldidan sizga boshqa jamoalardan taklif bilan chiqishdimi?

- "Olmaliq", "Ardus" va "Kogon" jamoalari menga taklif bilan chiqishdi. Aslida, shartnomam tugagan edi. Lekin, "Do'stlik-AIN" bu yil chempionlikni maqsad qilgani sabab kelishuvni yana bir yilga uzaytirdim va jamoada qolishga qaror qildim.

- Demak, jamoa bu yil oldiga qo'ygan vazifani bajarsa, yani chempion bo'lsa keyingi yil boshqa jamoaga o'tishingiz mumkin?
- Yo'q. Agar bu mavsum chempionlikni qo'lga kiritsak keyingi yil ham "Do'stlik-AIN"da qolaman. Agar, chempion bo'la olmasak, u holda keyingi mavsum oldidan qaysi klub tarkibida to'p tepishimni o'ylab ko'raman. Lekin, har qanday holatda ham chempion bo'lishga va klubda qolishga harakat qilaman.



TERMA JAMOA HAQIDA

- Xose Mariya Pazos Mendez sizni doimiy ravishda terma jamoaga chaqirib kelmoqda. Terma jamoadagi faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz?
- Xose Mariya bosh murabbiy bo'lib kelganida biz "Nasaf" tarkibida to'p tepardik. O'sha yili chorak finalda "Do'stlik-AIN"ga qarshi to'qnash kelib qolganmiz va hal qiluvchi o'yinda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz. Ana shu uchta o'yinning barchasini terma jamoa bosh murabbiyi bo'lib kelganiga endigina 10-15 kun bo'lgan Xose Mariya Mendezning shaxsan o'zi kuzatib borgan. Biz chempionatdan chiqib ketganimizga qaramay, iyun oyidagi yig'inga "Nasaf"dan Oybek Polvonov, Tohir Abdurazzoqov va men chaqirildik. O'shanda Toshkentda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi uchta o'yin o'tkazdik. Terma jamoadagi birinchi o'yinimda gol urdim. O'shandan keyin bosh murabbiy doimiy ravishda yig'inlarga chaqirmoqda.

Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatiga qadar 8 oy tayyorgarlik ko'rdik.

- SHu o'rinda Osiyo chempionati yarim finalida Tailandga qarshi o'yindan keyingi penaltilar seriyasidagi zarbangiz haqida gapirib bersangiz. O'shanda bir soniya ham o'ynamasdan birinchi bo'lib to'p yoniga borish uchun katta jurat kerak.
- O'shanda hisobda ortda borayotib, Artur Yunusovning goli evaziga muvozanatni tenglashtirganimiz sabab ruhiy holatimiz yaxshi edi. Bu tomondan ustunlik biz tomonda edi. Uchrashuvdan keyin o'ynagan yigitlarda charchoq va kuchli bosim bor edi. Ispaniyalik bosh murabbiyimiz penaltilarni tepadigan yigitlarni tanlashni Bahodir aka Ahmedovga topshirdi. SHunda Bahodir aka kim birinchi tepadi deb so'radilar. Men zarba berishga tayyorligimni aytdim, o'sha paytda menda hech qanday bosim ham, qo'rquv ham yo'q edi. Terma jamoadagi boshqa o'yinchilar ham bizni qo'llab-quvvatlab, ruhiy dalda berishdi. Birinchi zarbadan gol ursam, sheriklarimni ham ruhlantirgan bo'lardim, shuning uchun ishonch bilan zarba berdim va gol urdim.

- Mundialga tayyorgarlik jarayoni va mundial haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rganimizdan ham qiziqarliroq o'tdi. CHunki, ana shu jarayonda biz Eron, Portugaliya, Italiya, Ispaniya kabi juda kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdik.

Mundialda esa bizga tajriba va omad etishmadi. SHunga qaramay, dastlabki Jahon chempionati biz uchun katta tajriba maktabi bo'ldi deya olaman. Keyingi safar guruhdan chiqishni uddalaymiz deb umid qilaman.

- Janob Mendez Jahon chempionatidan keyin terma jamoa tarkibini yoshartirdi va yangilik tarkibda siz ham borsiz. Murabbiy yangilangan tarkibda rolingiz qanday bo'lishi haqida sizga nimalar dedi?

- Oldin bosh murabbiy meni asosan himoyada o'ynatardi, yani himoyaviy o'yinni talab qilar edi. Terma jamoa tarkibini yoshartirganidan keyin esa janob Mendez meni hujumchi sifatida sinab ko'rayapti. O'zimga ham endi himoyada emas, hujumda o'ynashimni aytdi. Sen hujumda o'ynaysan, chunki jismoniy holating yaxshi, gol urish qobiliyati ham bor. Jismonan kuchli bo'lganing hisobiga himoyachilarga muammo tug'dira olasan. Hujumdagi harakatlaring ustida hali ko'p ishlaymiz deb aytdi.

- Terma jamoa bilan Jahon chempionatidan oldin Ispaniyada yig'in o'tkazilgan edi. Pireney yarim orolida o'tgan o'sha kunlarni qanday eslaysiz?

- Mundialdan oldin Ispaniyada bo'ldik. U erda Xose Mariya Pazos Mendez tug'ilgan Santyago-de-Kompostela shahrida kichik yig'in o'tkazdik. Juda ham chiroyli joylar ekan. Ochig'i, bunaqangi ajoyib manzarani ko'rmaganman. Maqtashga arzigulik darajada chiroyli va tarixiy shahar ekan. Bir kun dam olish kuni bo'ldi. O'shanda bosh murabbiyimizning shaxsan o'zi bizni shahar aylanishga olib chiqdi. U erda sayyohlar juda ko'p ekan. O'sha kuni shahar hokimi bilan ham ko'rishdik. Yakunda hokimga o'zbekona sovg'alar berib, u bilan birga esdalik uchun suratga tushdik. O'sha kuni kechki ovqat janob Mendezning hisobidan bo'ldi. Murabbiyimizning onalarini restorani bor ekan, o'sha erda kechki ovqatga ispan milliy taomini tanovul qildik. Juda ham mazali taom ekan. SHu tariqa, bosh murabbiy boshchiligida futzaldan bir kunga chalg'idik. O'sha bir kun barchamiz uchun bir umrga yodimizda muxrlanib qoldi.

- "Do'stlik-AIN"ning bu mavsumdagi ishonchli o'yiniga sabab nima?

- Jamoamiz jismonan juda kuchli. Bir-birimizni yaxshi tushunishimiz va hamjihatligimiz muvaffaqiyatli o'yinlarimiz kafolati bo'lmoqda.

- Rahbariyat chempionlik uchun mukofot puli belgilaganmi?
- Ochig'i, bu haqda gap bo'lmagan. Lekin, chempionlikni qo'lga kirita olsak bu masala hal bo'ladi deb o'ylayman.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Foto: Narzulla Saydullaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика