So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

"Neftchi"dagi sahifam yopildi, ketish ikki tomon uchun ham foydali bo'lardi" - Toma Tabatadze bilan intervyu Yangiliklar

"Neftchi"dagi sahifam yopildi, ketish ikki tomon uchun ham foydali bo'lardi" - Toma Tabatadze bilan intervyu

Farg'ona viloyati futbolini yaxshi biladiganlar uchun Toma Tabatadze ismi allaqachon tanish bo'lib ulgurgan.

 Bir necha mavsumdan beri O'zbekistonda to'p tepayotgan gruziyalik hujumchi "Navbahor" va "Neftchi" safida maydonga tushdi. Birinchi davradan so'ng "Neftchi" bilan xayrlashgan futbolchi ikkinchi davrani qaerda o'tkazishi haqida ham o'ylayapti. Biz Toma bilan uning ketishi, Superligadagi taassurotlari va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

— "Neftchi" klubini tark etish haqida qaror qanday qabul qilindi? Bu qaror siz tomoningizdan chiqdimi yoki klub tashabbus ko'rsatdimi?

— Qaror ikki tomonlama qabul qilindi. Klub rahbariyati bilan ochiqchasiga gaplashib oldik, mavjud vaziyatni xolis baholadik va bu bosqichda ketish ham men, ham jamoa uchun to'g'ri qaror bo'ladi, degan xulosaga keldik. "Neftchi"ga menga ishongani va imkoniyat bergani uchun minnatdorman. Bu klubni doim hurmat qilaman.

— "Neftchi"da o'ynaganingizdan qanday taassurotlar qoldi? Muxlislar va jamoadagi muhit haqida nima deysiz?

— Faqat iliq xotiralar qolgan. "Neftchi" — katta tarixga ega klub, muxlislari esa juda sodiq va futbol bilan yashaydigan insonlar. Har bir o'yinda, uyda ham, safarda ham ularning qo'llab-quvvatlashini his qildik. Jamoada ham yaxshi muhit bor edi, do'stona munosabat hukm surardi. Har bir kun uchun jamoadoshlarga minnatdorman.

— Hujumda raqobat darajasi qay darajada edi? Asosiy tarkibdagi o'rningizni saqlash qiyin bo'ldimi?

— Har qanday klubda raqobat bo'ladi, ayniqsa hujum chizig'ida. Bu futbolda odatiy holat. Menimcha, raqobat futbolchini rivojlantiruvchi asosiy omillardan. Albatta, oson kechmagan paytlar bo'ldi, lekin har kuni mashg'ulotlarda o'zimni ko'rsatishga harakat qildim.

— Faoliyatingizni ikkinchi davrada qaerda davom ettirmoqchisiz? O'zbekistonda qolish niyati bormi?

— Hozircha bir necha variantlarni ko'rib chiqyapman. O'zbekistondan ham, xorijdan ham takliflar bor. Qaerda menga ishonch va motivaciya kuchli bo'lsa, o'sha erda faoliyatimni davom ettiraman. O'zbekiston menga yaqin bo'lib qolgan, shu bois bu erda qolish ehtimoli ham bor.

— Sizni futbolda nima motivaciya qiladi? Har kuni maydonga chiqishga kuch-g'ayratni qaerdan olasiz?

— Futbolga bo'lgan muhabbat — mening asosiy motivaciyam. Bolaligimdan futbolchi bo'lishni orzu qilganman va har bir o'yin — shu orzuni yana qayta jonlantirish imkoniyati. Shuningdek, oilam, ayniqsa qizim — mening tayanch va ilhom manbaim. Ular uchun men faxrli namuna bo'lishni xohlayman.

— Birinchi davradagi eng og'ir va eng yoqimli o'yinlar qaysilar bo'ldi?

— Aslida, har bir mag'lubiyatli o'yin og'ir bo'ladi. Lekin Kubokdagi bir o'yinni aytish mumkin: mag'lubiyat keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan mahrum qildi. Bunday o'yinlar xotirada qoladi, chunki muhim imkoniyat qo'ldan boy berilganini his qilasan. Eng yoqimli payt esa birinchi davraning oxiridagi o'yin bo'ldi, u erda jarima zarbasidan to'p kiritdim. Bunday lahzalar ishtiyoq beradi.

— Farg'ona vodiysidagi ikkala etakchi jamoa — “Navbahor” va “Neftchi”da o'ynadingiz. Sizningcha, vodiy klublarida o'ynashdagi eng katta qiyinchilik nimada? Moliyaviy holatmi, muxlislar bosimimi, yoki boshqa narsami?

— Vodiy jamoalarida o'ynash — bu doim katta masuliyat. Bu erda muxlislar juda ehtirosli, ular har bir o'yindan natija kutardi. Bunday bosim bor, lekin u foydali — sizni har doim ko'proq ishlashga undaydi. Albatta, moliyaviy muammolar ham bor, bu har bir klubda bo'lishi mumkin. Lekin men uchun asosiysi — jamoadagi muhit va ishga bo'lgan munosabat.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика