"Nasaf" nazorat o'yinida "Mashal"dan ustun keldi
18 iyu 2025 20:52
Yangiliklar
"Nasaf" nazorat o'yinida "Mashal"dan ustun keldi
Bugun "Nasaf" ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida Muborakning "Mashal" jamoasi bilan bellashdi.
Nazorat uchrashuvida vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona golni 54-daqiqada Javohir Sidiqov kiritdi.
"Nasaf" ertaga ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Nazorat uchrashuvi
"Nasaf" - "Mashal" 1:0
Gol: Javohir Sidiqov (54)
"Nasaf": Oleksandr Vorobey, G'olib G'aybullaev, Umarbek Eshmurodov, Murodbek Rahmatov, Javohir Sidiqov, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Husayn Norchaev, Sherzod Nasrullaev, Diyorbek Abdunazarov, Oybek Bozorov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Yashnarbek Berdirahmonov, Samandar Toirov, Javohir Ubaydullaev, Stefan Cholovich, Toxir Qudratov, Zafar Sadullaev, Bahodir Halilov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar