Eshitdik-da! O'FA Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustoziga taklif bilan chiqdi
17 iyu 18:35
Yangiliklar


Eshitdik-da! O'FA Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustoziga taklif bilan chiqdi
Championat.asia sayti malumotlarig ko'ra, associaciya APLdagi faoliyatii bilan tanilgan xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich bilan aloqaga chiqqan va O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini taklif etgan.
Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Bilichning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fatih" klubi bo'lgandi, u mazkur klubdan 2024 yilning avgustida ketgan va shundan buyon hech qaerda ishlaganicha yo'q.
56 yoshli Slaven Bilich murabbiylik faoliyati mobaynida "Xayduk", "Lokomotiv" Moskva, "Beshiktosh", "Vest Xem", "Al Ittihod", "Vest Bromvich", "Beyczin Goan", "Uotford" va jamoalarida faoliyat yuritgan. Yutuqlari orasida Xorvatiya vice-chempionligi, Turkiya chempionatining 2 karra 3-o'rin sohibi, 2008 yilgi Evropa chempionati chorak finalchisi kabilarni keltirib o'tish mumkin.
Avvalroq O'FA Yoaxim Lyovga murojaat etgani haqida xabar bergandik. Shundan so'ng germaniyalik mutaxassis unga haqiqatan taklif bo'lganini malum qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Биринчидан тартиб интизом бўйича кўп ишлар қилинди ФИФА рейтингида кўтарилиш бўлди жамоамиз Осиё чемпионатида камида ярим финалда ўйнаши мумкин эди агар ғирром Қатар тўғри келиб қолмаганида
Копадзе истеъдодли мураббий бўлиши мумкин лекин ортда қолган саралаш циклида айнан узоқ давом этган турнирда Катанес жамоани яхши бошқарди