

O'zbekiston Superligasi-2026. 25-tur
"Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:1
25.10.2026, 18:00. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi.
Bosh hakam: Temurbek To'xtasinov.
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov.
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov.
VAR: Firdavs Norsafarov.
AVAR: Elnur Doniyorov.
Nazoratchi: Vadim Agishev.
Komissar: Akmal Rahmatov.
Gollar: 1:0 – 3, Shahzodbek Rahmatullaev (Jambuli Jigauri); 1:1 – 40, Bilol Tupliev (Sardor Mirzaev)
"Qizilqum": 1. Farhod Rahmatov, 8. Shahzodbek Rahmatullaev (9. Shahzod Turopov, 80), 10. Islom Kenjaboev (7. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 58), 15. Nikola Kumborovich, 23. Samandar Shukurillaev, 31. Jambuli Jigauri (18. Abbosbek Abdug'afforov, 80), 44. G'iyosjon Rizaqulov, 47. Ruslan Ro'ziev (34. Grigol Chabradze, 80), 70. Maykon Duglas, 77. Diyor Rahmatilloev (20. Bobomurod Bozorov, 63), 88. Otabek Jo'raqo'ziev.
Zaxira: 99. Humoyunshoh Sayyotov, 4. Ilhomjon Vahobov, 6. Murodali Usmonov, 45. Ozodbek Ergashov.
"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 8. Bilol Tupliev (10. Shodiyor Shodiboev, 46), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzaev (9. Suhrob Nurulloev, 82), 18. Oleksandr Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov (70. Muhammedali Reimov, 67), 28. Shuhrat Muhammadiev (26. Abdulloh Yo'ldoshev, 67), 33. Oleg Zoteev, 45. Yovan Nishich (14. Nikolay Ivanov, 67), 99. Jasurbek Yaxshiboev.
Zaxira: 16. Danil Baklanov, 7. Quvonchbek Abraev, 22. Sunnatilla Poyonov, 61. Nurlan Ibraimov.
Ogohlantirishlar: Yovan Nishich (33), G'iyosjon Rizaqulov (63), Maykon Duglas (78), Nikolay Ivanov (84), Muhammedali Reimov (88), Bobomurod Bozorov (89)
🏁 90+4' O'yin yakunlandi! Navoiyda kechgan bahsda "Qizilqum" va "Lokomotiv" jamoalari 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
90+3' Muhammedali Reimov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq darvozabon Farhod Rahmatov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 90+1' Xavfli vaziyat! Temurxo'ja Abduxoliqov jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.
⏱️ 90' Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
🟨 89' Bobomurod Bozorov qo'pol o'yini uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🟨 88' Muhammedali Reimov simulyaciya ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
86' Shahzod Turopov darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
🟨 84' Maydon markazida Abbosbek Abdug'afforovga nisbatan qoidani buzgan Nikolay Ivanov bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔁 82' "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish: Sardor Mirzaev o'rniga maydonga Suhrob Nurulloev tushdi.
🔁 80' "Qizilqum" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish:
– Shahzodbek Rahmatullaev o'rniga Shahzod Turopov;
– Jambuli Jigauri o'rniga Abbosbek Abdug'afforov;
– Ruslan Ro'ziev o'rniga Grigol Chabradze maydonga tushdi.
🟨 78' Maykon Duglas Temurxo'ja Abduxoliqovning libosidan tortib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
74' Nikolay Ivanov olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
73' Muhammedali Reimov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi, biroq uzatma noaniq chiqdi.
🔁 67' "Lokomotiv" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi:
– Yovan Nishich o'rniga Nikolay Ivanov;
– Diyorjon Turopov o'rniga Muhammedali Reimov;
– Shuhrat Muhammadiev o'rniga Abdulloh Yo'ldoshev maydonga tushdi.
🟨 63' G'iyosjon Rizaqulov raqibi Oleg Zoteevni tortib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔁 63' "Qizilqum" tarkibida o'zgarish: Diyor Rahmatilloev o'rniga maydonga Bobomurod Bozorov tushdi.
61' Jasurbek Yaxshiboevning jarima zarbasidan uzatmasi Yovan Nishichning zarbasi bilan yakunlandi, biroq himoyachi to'p yo'liga g'ov bo'lib, zarbani bloklab qoldi.
🔁 58' "Qizilqum" tarkibida o'zgarish: Islom Kenjaboev o'rniga maydonga Fayzullobek Jumanqo'ziev tushdi.
▶️ 46' Ikkinchi bo'lim boshlandi!
🔁 "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish: Bilol Tupliev o'rniga maydonga Shodiyor Shodiboev tushdi.
⏸️ 45+2' Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan yo'l olishmoqda.
⏱️ 45' Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
⚽ 40' GOL! "Lokomotiv" hisobni tenglashtirmoqda! Bilol Tupliev uzoq masofadan aylanma zarba yo'llab, to'pni darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi. Dastlab bosh hakam Jasurbek Yaxshiboev ofsayd holatida vaziyatga aralashdi deya golni bekor qilgan edi, ammo VAR bilan bog'lanib, vaziyat ko'rib chiqilgach, gol inobatga olindi – 1:1.
🟨 33' Yovan Nishich Islom Kenjaboevga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
31' Islom Kenjaboev jarima maydonchasi tashqarisida bir nechta raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi. Biroq Oleksandr Kucherenko to'p yo'lini to'sib, zarbani bloklab qoldi.
28' Jarima zarbasidan uzatilgan to'pga Oleksandr Kucherenko bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
25' Islom Kenjaboev jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Nikola Kumborovich bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
⚠️ 23' Xavfli vaziyat! Diyorjon Turopov jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, to'p ustun yonidan biroz noaniq o'tib ketdi.
18' Bilol Tupliev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Jasurbek Yaxshiboev bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
15' Maydon markazida Islom Kenjaboevga nisbatan qoida buzildi. Hakam hushtagini chalib, o'yinni to'xtatdi.
⚠️ 4' Xavfli vaziyat! Shahzodbek Rahmatullaev tezda dublni rasmiylashtirishi mumkin edi. Chap qanotdan uzatilgan to'pga jarima maydonchasi ichida Rahmatullaev zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⚽ 3' GOL! "Qizilqum" hisobni ochmoqda! Shahzodbek Rahmatullaev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay Oleksandr Kucherenkoga tegib, yo'nalishini keskin o'zgartirdi. Bunday rikoshetni kutmagan Aleksey Kozlov to'pning darvoza to'ridan joy olishini tomosha qilishga majbur bo'ldi – 1:0.
▶️ 1' Uchrashuvga start berildi! Bosh hakam Temurbek To'xtasinovning hushtagi yangrab, bahs boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Qizilqum" qizil, "Lokomotiv" esa oq liboslarda harakat qiladi. Uchrashuv boshlanishi arafasida.



