Rasman: Odil Hamrobekov Eronning amaldagi chempioni safini to'ldirdi
18 iyu 19:05
Yangiliklar


Rasman: Odil Hamrobekov Eronning amaldagi chempioni safini to'ldirdi
O'zbekiston MTJ va "Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov "Traktor" futbolchisiga aylandi.
Tajribali xavbek Tabriz klubi bilan 2 yillik kelishuv tuzdi.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "qaldirg'ochlar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar