"Inter" PSV himoyachisi uchun taklif berdi
10 avg 2021 10:10
Yangiliklar
"Inter" PSV himoyachisi uchun taklif berdi
PSV himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Milan klubi rahbariyati ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun o'yinchining agenti bilan bog'landi.
"Inter" o'yinchi uchun 15 million evro taklif qilishga tayyor. Futbolchining o'ziga 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Dyumfris PSVga "Xerenven"dan 2018 yilda 5,5 million evro evaziga o'tgandi. U bu vaqt davomida 116ta o'yinda madyonga tushib, 16ta gol va 20ta assist qayd etdi.
Fikrlar