"Inter" va "Galatasaroy" Chalxanoglu transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi
05 iyu 2025 16:40
Yangiliklar
"Inter" va "Galatasaroy" Chalxanoglu transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi
"Inter" va "Galatasaroy" Xakan Chalxanoglu transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Avvalroq, turkiyalik xavbek va uning jamoadoshlari o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgandi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan "Inter" - "Fluminense" (0:2) o'yinidan so'ng Lautaro Martines shunday dedi: "Murojaat oddiy: qolishni xohlasangiz - qoling, xohlamasangiz - keting".
Klub prezidenti Beppe Marotta Lautaro Chalxanogluga murojaat qilganini aytdi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu vaziyatni hal qilish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazdi.
Chalxanoglu "Inter" safida 2021 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 31 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar