So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Ikki oy kechikkan maqola... Yangiliklar

Ikki oy kechikkan maqola...

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Orzu havas...

 
Bazan o'ylanib qolaman, kelinchak uchun bundan-da shirinroq narsa bormikin? Futbol mavzusidan biroz nariga o'tib turaman.

Bir necha millionga olingan go'zal oq libosda tantana bilan to'yxonaga olib kelingan kelin o'zini malikalardek his qiladi: hayot naqadar go'zal! Haqiqiy baxt nima ekanini ko'rish umidi bilan yangi uyining tillo ostonasidan o'tadi. Qimmatbaho mebel, seplar bilan to'ldirilgan xonadon bekasiga aylanadi.

Bir necha kundan so'ng uni kuzning salqin va zimiston tongida sovuq suv sepib, ko'cha supurayotgan, hammaning xizmatini qilayotgan va bazan o'sha hammadan dakki eshitayotgan holda topish mumkin. O'z ko'chasini supurishi albatta yaxshi, shunchaki hamma gap shaxsiy xohish va majburiyatlar, imkoniyat va ilojsizlik kabi tushunchalar qarama-qarshiligida, demoqchiman. Xullas, behosdan qovoqqa aylanib qolgan tilla aravacha yodga tushadi...

Endi futbolga qaytamiz. 28 avgust tonggida O'zbekiston milliy terma jamoasi biz uchun muhim bo'lgan o'yinni o'tkazish uchun Xitoyning Uxan shaxriga yo'lga chiqdi.



SHu videoni ko'rib, chiroyli kuzatishibdi deb quvondim. Ketidan esa uylanib qoldim: nega endi Pekinga?! O'yin Uxanda-ku! To'xta, to'xta, bo'lishi mumkin emas.  JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma berishi mumkin bo'lgan uchrashuvga yigitlar havo yo'llari orqali oldin Pekinga, keyin Xitoy ichki yo'nalishi bo'ylab Uxanga uchishmoqdami? Bitta charterchalik qadrimiz yo'qmi yoki qurbimiz etmaydimi?

Oradan bir kun o'tib redakciyamiz yana xabar beradi: “29 avgust kuni soat 12:31da terma jamoamiz JCH so'nggi saralash bosqichida Xitoyga qarshi bahs olib borish uchun yo'lga chiqqandi. Vakillarimiz Uxan shahriga etib bordi va Intercontinental mehmonxonasiga joylashdi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi bahs 31 avgust kuni Wuhan Sports Center Stadium o'yingohida bo'lib o'tadi”.

Skachat video

Skachat video



Yo'l azobi...

5,5 soat Toshkent - Pekin reysi. 3 soat Pekin aeroportida kutish. 2,5 soat Xitoy ichki aviakompaniyasi bilan parvoz. 1 soat otelgacha bosib o'tilgan yul. Bojxona, xavfsizlik, pasport va boshqa tekshiruvlarni aytmasa ham bo'ladi. Jami: 14 soatlik yul.

Hech bo'lmaganda bir marta bo'lsa ham parvoz qilgan bo'lsangiz, meni juda yaxshi tushundingiz.  Biror joyga uchib kelgach, Toshkent va mahalliy vaqt orasidagi farq, bioritmlarning surilib ketishi, o'zga iqlim, bosim, namlik, boshqa ovqat va umuman boshqacha sharoitlar... Va siz ikki kundan so'ng yurt sharafini ximoya qilish uchun maydonga tushasiz, nima dedingiz?

“Xamma tushunib turibdi, juda ham muhim uyinga ketyapmiz”, - dedi Anzur Ismoilov Pekin reysi oldidan. Mana shu joyida pauzani bosib turamiz. Nahotki u adashgandi? Yoki qolganlar uni tushuna turib, muhimlik tushunchasiga qo'l siltaganmidi?

Dunyo amaliyotiga ko'ra, uchrashuv bo'ladigan joyga to'g'ri reys bo'lsa, unda futbolchilar oddiy reys bilan boradi. Bordi-yu reyslarni, samolyotlarni almashtirishga to'g'ri kelsa, odatda ularga charter buyurtiriladi, bu federaciyaning ishi.

Xo'sh, milliy termani mundialga olib chiqishi mumkin bo'lgan uchrashuvga “peresadka” bilan yuborish kimning qarori? Uyqusiz 14 soat yo'l bosib kelingan kundanoq mashg'ulotga haydash-chi? Nega manzilga bor-yo'g'i ikki kun qolganda borildi? Ertaroq yo'lga chiqishning iloji bo'lmadimi? Futbolchilar yo'l charchog'idan xalos bo'lishi nega hisobga olinmadi? Nima sababdan Anzur va Odil Xitoydan yo'l bosib kelib, yana o'sha erga ovora qilindi? Sovollar juda ko'p, menimcha, futbolchilarning o'zida ham etarlicha edi.



Qozog'istonda qanday?

Hammangizga malum, yaqinda qozog'istonliklarning JCH saralashi doirasida Ruminiyaga etib borishi masalasi shov-shuv bo'ldi. Qozog'iston FF milliy termani “O'zbekiston” deb yozib qo'yilgan samolyotda Buxarestga yubordi. Oqibatda mahalliy jurnalistlar “Sensaciya: Ruminiyani qo'rqitish uchun Qozog'iston termasi o'yinga “O'zbekiston” yozuvli samolyotda uchib keldi”, deb jar soldi. Voqea Qozog'iston FF hamda Air Astana o'z saytlarida buning sabablarini to'liq  tushuntirishga majbur bo'lgani bilan tugadi.

Qo'shni jurnalistikaning bu qadar tasir o'tkaza olishi va bu masalada rasmiy tashkilotlar ular bilan hisoblashgani, shaffoflikdan qochmagani havasni keltiradi. O'zbekistonda imkoniyatdan kelib chiqib charter reysni amalga oshirsa bo'ladigan  avia kompaniya bo'lsa-yu, mamlakat futbolchilari Uxanga charterda emas, biz bilgan ahvolda yuborilsa...

To'g'ri, o'tdi, ketdi, imkoniyatni boy berdik. Ammo qilingan xatolarni tahlil qilish, masullar bayonot berishi, fundamental jihatlarga etiborsizlik yuzaga chiqarilishi, JCH orzusidagilar uchun muhimligini bilasiz-ku.

Teatr kiyim ilish xonasidan boshlangani kabi, masullarning ishga yondashishi o'zgarmaguncha, JCHni faqat televizorda kuzatamiz. Futbolchilarda birozgina erkinlik bo'lganida, termadagi sharoitlar oxirgi payt naqadar salbiylashgani, oddiygina oziqlanish, vitanimizaciya va hokazo masalalar haqida anonim intervyular emas, balki ochiq suhbatlar bilan chiqa olardi.  Sport nurtrition, Sport dietitian kabi tushunchalar bejiz yuzaga kelmagan. Biz ularni inkor etib, 14 soat mundial saralashiga sarson qilib natijaga ega bo'la olmaymiz...

Matluba Mustaeva.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика