Igor SHkvirin - "Turon" bosh murabbiyi
23 iyu 2021 19:27
Yangiliklar
Yaypanning "Turon" klubini polshalik Boguslav Baniak boshqarib kelayotgan edi. "Championat.asia" manbalarining xabar berishicha, "Turon"ga yangi murabbiy tayinlangan. Endilikda jamoani tajribali mutaxassis Igor SHkvirin boshqaradi. U bugun jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan. Igor Anatolevich bugungi kungacha AGMK klubida selekcioner murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Turon" Coca Cola Superligasi turnir jadvalida 10 turdan so'ng 3 durang va 7 mag'lubiyat bilan so'nggi o'rinda bormoqda. To'plar nisbati - 4:16.
Superliga turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar