Igor SHkvirin: “Hisob o'yinga mos bo'ldi”
08 noy 2013 21:20
Yangiliklar


Igor SHkvirin: “Hisob o'yinga mos bo'ldi”
“Olmaliq” – “Nasaf” (2:2) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Igor Anatolevich ishtirok etdi.
“Nasaf” oliy ligadagi shakllangan jamoalardan biri. Jamoa bejizga uchinchi pog'onada bormayotganligini isbotlashga urindi. Ammo bizning futbolchilar bugun negadir himoyada o'ta bo'sh harakat qilishdi.
Ehtimol bu mavsumning so'nggi o'yini bo'lganligi uchundir. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham yigitlar bu qadar pala-partish harakat qilishmagan edi mavsum davomida. Hisob o'yinga mos bo'ldi.
Futbolchilar raqibga munosib qarshilik ko'rsatib, ulardan hech bir jabhada qolishmasliklarini isbotlashdi. O'tgan yilgi bilan taqqoslaganda, biz 8-o'rindan 5-o'ringa ko'tarildik. Kuchli to'rttalikdagi hech bir jamoaga ikki marta yutqazmadik.
Hattoki “Paxtakor”ni har ikkala davrada mag'lub etishni uddasidan chiqdik. Bu ham jamoamiz yuksalayotganidan darak beradi.

Fikrlar