So’nggi yangiliklar

18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  0 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  0 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  7 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  32 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  58 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  3 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  4

Ignatiy Nesterov: "Darvozabonning bo'shashishga aslo haqqi yo'q" Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: "Darvozabonning bo'shashishga aslo haqqi yo'q"

15 iyun kuni "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.

"Temiryo'lchilar" bu o'yinga tayyorgarlikni jiddiy tarzda davom ettirishmoqda. Jamoa sardori Ignatiy Nesterov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida karantindan keyingi mashg'ulotlar qanday ketayotgani, bo'lajak raqib hamda hozirgi holati haqida gapirdi.


Tayyorgarlik haqida

- Karantindan so'ng birdaniga mashg'ulotlarga qaytish qiyin bo'ldi. Bungacha ikki oydan ko'proq vaqt uyda qolib shug'ullangan bo'lsak-da, baribir maydondagisidan farq qiladi. CHunki biz maydonda yana avvalgi formani tiklash uchun ishlaymiz. Lekin harakat qilyapmiz, mashg'ulotlar yaxshi o'tyapti. Xohish va mehnat evaziga asta-sekin o'zimizga kelyapmiz.


Jamoa haqida

- Jamoamiz yaxshi, hamma ishlayapti. Lekin hozirgi paytda o'yinlarga 65-70 foiz tayyormiz deb o'ylayman. Umuman karantindan so'ng barcha jamoalar bir xil holatda. 100 foiz tayyor bo'lish uchun vaqt kerak bo'ladi. CHempionatni oxirigacha etkazish uchun taqvim tez ishlab chiqildi. Aslida karatindan so'ng bir oy berilsa yaxshiroq bo'lardi. Biz esa professional sifatida qoidalarni hurmat qilamiz va iloji boricha jarohat olmaslikni xohlaymiz. 


Ikkita o'rtoqlik uchrashuvi haqida

- Superliga restartiga qadar ikkita o'yinda maydonga tushdik. Birinchisi AGMK bilan kechdi va bunda etibor jamoa bir-birini qanchalik tushunishiga qaratildi. Biz muhimi maydonni, to'pni, o'yinni va sheriklarimizni his qilib olishimiz lozim edi. Bu o'yinda maydonga chiqib yutinglar degan vazifa qo'yilmadi. Ikkinchi bahsni "Surxon"ga qarshi o'tkazdik va bunda yuz foiz kuchni sarflab g'alabaga etibor qaratdik.


"Metallurg" haqida

- Navbatdagi turni o'z maydonimizda "Metallurg"ga qarshi o'tkazamiz. Bu jamoa haqida nima deyishim mumkin? Ularda yaxshi murabbiylar shtabi ish olib boryapti. Jamoa ham chakki emas. Menimcha, o'yin yaxshi kechadi. Biz birinchi raqamli bo'lib o'ynaymiz, raqib esa qarshi hujumlarda o'z kuchini sinab ko'radi. "Metallurg" o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdimi-yo'qmi, bundan xabarim yo'q. Lekin bizga qarshi ikkinchi raqam bo'lib harakat qilsa kerak.


"Loko" o'z o'yinini topib olishi haqida

- Bu birdaniga oson bo'lmaydi. Bizga ko'pi bilan 5-6ta o'yin kerak bo'ladi. Jamoa yana eng yaxshi formasiga chiqib olishi uchun harakat qilamiz.


O'z holati haqida

- O'zim haqimda nima desam bo'ladi? Menimcha, qanday ishlayotganim chetdan yaxshiroq ko'rinsa kerak. Hamon mehnat qilishda davom etyapman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Darvozabon ekanligimdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, bo'shashishga haqqim yo'q. CHunki o'yin paytida darvozabon maydonda bitta bo'ladi. Buni juda yaxshi tushunaman.


Javohir Ilyosov haqida

- Javohir ham ko'p mehnat qilyapti. Raqobatda yutqazayotgan joyi yo'q. U ham juda tirishqoq va ishdan qochmaydigan yigit. U menga, men unga raqobatchiman. Umuman olganda, Ilyosov men uchun yaxshi hamkasb va yaxshi raqobatchi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика