So’nggi yangiliklar

03:30Евро-2004. Учар ликопчага қиёсланган тўп, инглизни пичоқлаган Вадим Абрамов, келишилган ўйин, қўлқопсиз пенальти қайтарган дарвозабон ҳамда допинг билан турнирнинг энг яхши ўйинчисига айланган футболчи ҳақида ҳикоя қиламиз  0 00:55"Барселона" Нико Уильямс трансфери ўхшамаса, кимни сотиб олиши маълум  0 00:27Пальинья "Бавария" билан тўрт йиллик шартнома имзолайди. Трансфер нархи ҳам маълум (Фабрицио Романо)  0 00:05Ўзбекистон кубоги. "Машъал" – "Қизилқум" 1:3. Highlights  0 23:39Расман: Пётр Зелиньски – "Интер" футболчиси!  2 23:05Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Машъал"ни қўшимча бўлимларда мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  9 22:43Евро-2024. Чорак финалнинг иккала марказий ўйинини англиялик ҳакамлар бошқаради  1 21:52"Манчестер Юнайтед" тахминан 250 нафар ходимини ишдан бўшатади. Тежалган пул эса...  9 21:22Нимели Ўзбекистонда қолмайдиган бўлди  12 20:57Эшитдик-да! "Сурхон" ҳужумчиси "Пахтакор"га ўтди  13 19:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси билан Осиё Кубогида қатнашган қайси футболчилар Олимпиадага бормайди?  33 19:05"Марсель" Канада терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолади  0 18:42"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди. Ҳожимат Эркинов Олимпиада учун қайдномадан ўрин олмади  49 18:27"Рубин" футболчиси билан шартномани бекор қилди  0 18:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Олимпиадада иштирок этадиган таркиби эълон қилинди!  93

Hotam Ben Arfa: “Bir kun CHempionlar ligasi va JCHni yutaman” Yangiliklar

Hotam Ben Arfa: “Bir kun CHempionlar ligasi va JCHni yutaman”

“Le Parisien” nashriga PSJning yangi futbolchisi Hotam Ben Arfa bergan intervyusida oldiga qo'ygan maqsadlari, Parij klubidagi holat va yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida to'xtaldi.

 Avvalgi mavsumni “Nicca”da yuqori saviyada o'tkazgan futbolchi yangi klubi o'yiniga tezlik bilan kirishib ketganini tayyorgarlik jarayonida namoyish etmoqda.


- PSJ ishonchingizni oqladimi?

- Ha, albatta. Oxirgi yillarda klub yangi darajaga chiqdi. Uning haqiqatan buyuk klub ekanini his qilish mumkin. Bu erda o'yinchilarga qulaylik uchun barcha narsa qilinadi. Maydonga qarovchi maysa ustida 6 marta ishlaganini eshitganimda hayron qoldim. Bunga ishonish qiyin.

- Dastlabki taassurotlar qanday?

- Futbolchilarning saviyasi meni hayratda qoldirdi. Bu jamoani Franciya termasi bilan taqqoslasa bo'ladi. Mashg'ulotlar, o'yinlar saviyasi bir xil. Jamoaning yuqori darajasi sezilib turadi. To'p PSJda bo'lganda uni olib qo'yish qiyin. Murabbiy ham meni yoqimli ajablantirdi – bajarayotgan ishi bilan. Barchasi aniq maqsad bilan amalga oshiriladi.

- Ish jarayoniga kirishishingiz qanday ro'y bermoqda?

- Bu erda buyuk o'yinchilar to'plangan, ko'pdan beri PSJ sharafini himoya qilishadi. Meni ularning professionalligi ilhomlantirmoqda. Ular haqiqiy mehnatkashlardir. Tiago Silva kabi futbolchilar mashg'ulotda o'ziga nisbatan juda talabchan.

- Insoniylik tomondan mavsumga tayyorgarlik muhimmi?

- Ha, unda o'yinchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat shakllanadi. Bu esa mavsumning hal qiluvchi pallasida asosiy jihatga aylanishi mumkin. Hozir barchamiz o'zimizni ajoyib his qilyapmiz. Ko'p narsaga erisha olishimizga kuchimiz etadi.

- Zlatan Ibragimovichning ketishi sababli jamoada yulduz maqomi bo'shab qoldimi?

- Bizda jamoa, murabbiylar shtabi va klub – yulduz. Alohida yulduz yo'q. Ajoyib jamoani yuzaga keltirish uchun superijrochilar shart emas. Misol uchun “Atletiko”ga boqing.

- Siz jamoa yulduzi bo'lishingiz mumkinmi?

- Yo'q, buni xohlamayman. Jamoaviy yutuqlar va PSJ bilan sovrinlarga ega chiqishni afzal ko'raman.

- 29 yoshda o'zingiz rejalashtirgandek jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishingiz mumkin.

- Hozir bu savol kun tartibida emas. Buni juda uzoq vaqt oldin gapirganman. Jamoaning cho'qqida bo'lishi har narsadan ustun turadi. Unda o'ynagan holda sovrinlar yutsam ajoyib ish bo'lardi. Birinchi o'rinda jamoa manfaati sanaladi.

- O'yinchilar reytingi haqida nima deysiz? O'zingizni unda qaysi pog'onaga qo'ygan bo'lardingiz?

- Hozir ancha pastdaman. Ehtimol, ming yoki ikki minginchi o'rinda. Mendan yaxshiroq bo'lgan juda ko'p o'yinchilarni sanay olaman.

- 10 yil oldin qanday bo'lsingiz, hozir ham shundayligingizcha qolganmisiz?

- Ha, hamon o'sha insonman. Faqat o'shanga nisbatan kattaroq va sabrliroq.

- Orzular o'shandayligicha qoldimi?

- Orzularim... Yo'q, ular o'zgarmagan. Hozir bu sovrinlarni qo'lga kiritishdir. Jamoa bilan ko'p narsalarga ega chiqishni xohlayman. Yoshligingda shaxsiy sovrinlar haqida orzu qilasan. Biroq xotirangda qoladigan narsa jamoa bilan yutilgan sovrinlardir.

- Franciya terma jamoasi orzu bo'lib qolyaptimi?

- Ha, albatta. CHunki u ham o'zgacha jamoa.

- Evro-2016ni tomosha qildingizmi?

- Franciyaning o'yinlarini kuzatib bordim. Tatilda edim va bazi uchrashuvlar hamda Franciya terma jamoasining barcha uchrashuvlarini kuzatdim. Finaldan keyin afsuslandim. O'ylashimcha, g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Lekin bu tajriba ikki yildan keyin jahon chempionatida bizga yordam beradi.

- Evropa chempionatiga bormaganingiz tufayli afsuslanishni tez engib o'tdingizmi?

- Buni tez unutdim.

- Pogbaning kutilayotgan o'tishi to'g'risida nima deysiz?

- Bu katta transfer bo'ladi. Agar MYU shuncha pul sarflasa, demak, ular nima qilayotganini bilishadi. Polga katta masuliyat yuki tushadi, ammo unga ishonaman. U buni tezlik bilan engib o'tadi deb o'ylayman.

- Qay biri yaxshiroq: siz bilan tekinga shartnoma qilishmi yoki Pogbani 120 millionga sotib olishmi?

- (kuladi). 120 millionga Pogbani.

- Mavsum oxirida nimadir yutishni tasavvur qila olasizmi?

- Albatta. Biz uchun CHempionlar ligasi juda muhim. Uni bu yil yutishimizga kuchimiz etishiga ishonaman. Klubda buning uchun hamma narsa qilinmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham bir kun CHempionlar ligasida zafar quchaman. Va yana bir ajoyib kunda jahon chempionatida ham g'alabaga erishaman.

- Rossiyadami?

- O'yinchi sifatida yutishimni aytmadim. Bilmadim, bunga ko'nglimda qandaydir ishonch bor.

- Joriy mavsumda o'zimiz bilmagan Hotam Ben Arfani kashf qilamizmi?

- Bilasizmi, kimdir qachondir Hotam Ben Arfani kashf qilganda men ham buni amalga oshiraman. SHunday ekan, birgalikda ko'ramiz.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика