Ben Arfa "Nyukasl"da qolmoqchi

25 dek 2013, 21:05
"Nyukasl" yarim himoyachisi Hatem Ben Arfa qishgi transfer bozorida hech qaerga ketmoqchi emasligini ta'kidladi.
So'nggi vaqtlarda 26 yoshli futbolsi asosiy tarkibdan kam joy olmoqda. Shu sababdan turli nashrlar uning klubni almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatishgandi.

"Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Bosh murabbiy natija olib kelayotgan tarkibni maydonga qayta tushirayotgani tushunarli va normal holat.

"Men doim bor kuchim bilan harkat qilishga intilaman. Hatto 10-15 daqiqa o'yinasam ham. "Nyukasl"dan ketish? Men bu haqida hatto o'ylab ham ko'rmaganman. Men bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman. Keyinroq nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi", dedi Ben Arfa L'Equipega bergan intervyusida.


Manba: fapl.ru