Ben Arfa francuz klubiga o'tdi

7 okt 2020, 22:29
"Bordo" jamoasi rasmiy sayti yarim himoyachi Hatem Ben Arfa bilan shartnoma tuzilganligini e'lon qildi.

33 yoshli xavbek "Bordo" tarkibiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. Takidlanishicha, tomonlar o'rtasidagi bitim "1+1" sxemasi asosida tuzilgan.

Ben Arfaning so'nggi klubi "Real Valyadolid" bo'lgandi. Shuniingdek, u PSJ, "Lion", "Renn", "Marsel" va "Nyukasl" safida ham to'p tepishga ulgurgan. Eslatib o'tamiz, mazkur o'yinchi 2008 yilda Fransiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: girondins