JCH-2026. Braziliya - Norvegiya (matnli translyatsiya)

5 iyul 2026, 23:00
JCH-2026ning 1/8 finalidan o'rin olgan Braziliya - Norvegiya uchrashuvi boshlandi.

Braziliya - Norvegiya 0:0

01:00 | “MetLife” stadioni

Braziliya: 1. Alisson, 3. Gabriel Magalyayns, 4. Markinos, 5. Kazemiro, 7. Vinisius Junior, 8. Bruno Gimaraysh, 9. Mateus Kunya, 13. Danilo, 16. Duglas Santos, 22. Gabriel Martinelli, 26. Rayan.

Zaxiradagilar: 12. Veverton, 23. Ederson, 2. Ederson Silva, 6. Aleks Sandro, 10. Neymar, 11. Rafinya, 14. Bremer, 15. Leo Pereyra, 17. Fabino, 18. Danilo Santos, 19. Endrik, 21. Luiz Enrike, 24. Rojer Ibanes, 25. Igor Tyago.

Norvegiya: 1. Eryan Nyuland, 3. Kristoffer Ayer, 5. David Myoller Volfe, 6. Patrik Berg, 7. Aleksander Syorlot, 8. Sander Berge, 9. Erling Xoland, 10. Martin Edegor (Sardor), 17. Torbyorn Lisaker Xeggem, 20. Antonio Nusa, 26. Yulian Ryuerson.

Zaxiradagilar: 12. Sander Tangvik, 13. Egil Selvik, 2. Morten Torsbyu, 4. Leo Estigor, 11. Yorgen Strand Larsen, 14. Fredrik Eursnes, 15. Fredrik Andre Byorkan, 18. Kristian Torstvedt, 19. Telo Osgor, 21. Andreas Shelderup, 22. Oskar Bobb, 23. Yens Petter Xauge, 24. Sondre Langos, 25. Xenrik Falxener.

33-daqiqa. Xavfli vaziyat! Gabriel Martinelli chap qanotdan tezkor reyd uyushtirib, to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Norvegiya posboni Eryan Nyuland to'pga barmoqlarining uchlari bilan tegishga ulgurdi va Bruno Gimaraynsning bo'sh qolgan darvozaga to'pni shunchaki kiritib qo'yishiga yo'l qo'ymadi. Darvozabondan juda muhim harakat.

31-daqiqa. Danilo o'yin qoidasini buzdi.

Uchrashuvning dastlabki qismi voqealarga juda boy bo'ldi: avvaliga Norvegiya Patrik Bergning zarbasidan so'ng to'p kiritgandi, biroq hujum boshlanishida ofsayd bo'lgani sababli gol bekor qilindi.

Braziliya esa hisobda oldinga chiqib olish uchun oltinga teng imkoniyatni qo'ldan boy berdi - Eryan Nyuland Bruno Gimarayns tomonidan yo'llangan penalti zarbasini qaytarishga erishdi.

27-daqiqa. Tezkor surat va issiq ob-havo tufayli hakam o'yinni vaqtincha to'xtatdi. Futbolchilarga suv ichib, salqinlanib olish uchun qisqa tanaffus berildi. Murabbiylar bu imkoniyatdan foydalanib, maydon chetida o'z shogirdlariga qo'shimcha ko'rsatmalar berishmoqda.

Mateus Kunyaning foydali ish koefficienti hayratlanarli darajada. U Jahon chempionatini zaxira o'rindig'ida boshlagan bo'lsa-da, hozirgacha o'z hisobiga uchta gol yozdirib qo'yishga va bugungi bahsda jamoasi uchun penalti ishlab berishga ulgurdi.

Norvegiya terma jamoasi to'p nazoratini o'z qo'lida ishonchli ushlab turibdi. Yevropaliklar to'p bilan juda ehtiyotkor harakat qilib, ustunlikka ega bo'lishmoqda, biroq hozircha Braziliya darvozasi oldida yaqqol xavfli vaziyatlar yarata olishmadi.

23-daqiqa. Rayan fol ishlatdi.

Ikki terma jamoa murabbiylarining maydon chetidagi o'zini tutishi turlicha. Norvegiya ustozi Stole Solbakken tik oyoqda o'yinni kuzatmoqda va o'z shogirdlariga tinmay ko'rsatmalar beryapti. Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa uchrashuvni ko'proq zaxira o'rindig'idan kuzatishni maqul ko'rmoqda.

14-daqiqa. Darvozabondan super seyv! Eryan Nyuland o'z mahoratini ko'rsatdi. Bruno Gimarayns tomonidan yo'llangan penalti zarbasini Norvegiya posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Tablodagi hisob o'zgarishsiz qolmoqda – 0:0.

10-daqiqa. Hakam videotakrorni ko'rib bo'lgach, yakuniy qarorga keldi: Kristoffer Ayer Mateus Kunyaga nisbatan qo'pollik ishlatgan va Norvegiya darvozasiga penalti belgilandi!

10-daqiqa. Maydonda jiddiy vaziyat! Kristoffer Ayer o'z jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. Mateus Kunya bilan to'qnashuvdan so'ng hakam Braziliya foydasiga penalti belgilanishi mumkinligini tekshirish uchun VAR monitori yoniga yo'l oldi. Vaziyat qayta ko'rib chiqilmoqda.

7-daqiqa. Norvegiya terma jamoasida burchak to'pini amalga oshirish imkoniyati. To'p yoniga jamoa sardori Martin Edegor yaqinlashdi va standart vaziyatni ijro etmoqda.

3-daqiqa. Norvegiya terma jamoasining hujumi gol bilan yakunlandi, biroq golni nishonlash uzoqqa cho'zilmadi. Patrik Berg Alisson darvozasini aniq nishonga olgandi, biroq hujum tashkil etilayotgan vaqtda yaqqol ofsayd kuzatilgani sababli hakam bayroqchasini ko'tardi.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! Hakamning hushtagi chalindi, jamoalar to'pni maydon markazida harakatga keltirishdi. Paydar-pay hujumlar va shiddatli bahsdan umid qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia