PSJ sobiq futbolchisi faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin

Alisher
26 avg 2019, 17:22
Hujumchi Hatem Ben Arfa "Fenerbaxche" qiziqishlari doirasida.

Turk klubi fransiyalik o'yinchiga 3 yillik shartnoma va bir mavsumga 2,5 million evro maosh taklif qilmoqda.

32 yoshli Ben Arfa o'tgan mavsum "Renn" sharafini himoya qilgan va 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.

Futbolchi "Renn"dan tashqari "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall Siti", "Nicca" va PSJ klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2007-2015 yillar davomida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport