Gyotce "Borussiya"dan ketishidan oldin agentini o'zgartirdi
10 apr 2020 17:43
Yangiliklar


Gyotce "Borussiya"dan ketishidan oldin agentini o'zgartirdi
Hujumchi Mario Gyotce mavsum so'nggida Dortmundning "Borussiya" klubidan ketadi.
Futbolchining qaysi klubga ketishi aniq emas, ammo futbolchi agentini o'zgartirganiga qaraganda chet elga yo'l oladi.
Endi Marioning ishlarini Reza Fazeli yuritadi. Uning mijozlari orasida "Yuventus"dan "Borussiya"ga ijara asosida o'tgan Emre Jan ham bor.
27 yoshli Gyotce joriy mavsum "Borussiya" libosida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assis qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar