Gyokeresh "Sporting" mashg'ulotlariga qaytishdan bosh tortdi. U "Arsenal"ga o'tishni istamoqda
11 iyu 2025 18:11
Yangiliklar
Gyokeresh "Sporting" mashg'ulotlariga qaytishdan bosh tortdi. U "Arsenal"ga o'tishni istamoqda
Shveciya terma jamoasi hujumchisi Viktor Gyokeresh Lissabonning "Sporting" jamoasi yig'iniga borishni rejalashtirmayapti.
Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.
Ertaga, 12 iyul kuni "Sporting" tatildan qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Gyokeresh 5 kun oldin klub rahbariyatini jamoaga qo'shilmasligi va o'yinlarda qatnashmasligi haqida ogohlantirgan.
27 yoshli futbolchining bu qarori uning "Arsenal"ga o'tish istagi va "Sporting" prezidenti Frederiku Varandash bilan ziddiyat borligi bilan bog'liq. O'tgan yili ular Gyokereshning bu yozda sotilishi bo'yicha og'zagi kelishgan, ammo hozir prezident bunga rioya qilmayapti.
Forvard 2024/25 yilgi mavsum klub safida 52 o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urgan va 13 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar