Gvardiola Oksleyd-CHemberlenni "Manchester Siti"da ko'rmoqchi
09 mar 2016 15:51
Yangiliklar


Gvardiola Oksleyd-CHemberlenni "Manchester Siti"da ko'rmoqchi
Angliya terma jamoasi va "Arsenal" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"SHaharliklar"ning bo'lajak murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchiga qiziqib qolgan. Oldinroq "to'pchilar" rahbariyati yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor ekanligini malum qilgan edi.
"Arsenal" 2011 yilda Oksleyd-CHemberlen uchun "Sautgempton"ga 12 mln. funt to'lagan. O'shandan beri 22 yoshli futbolchi "kanonirlar" safida 149 marta maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar