Simeonening jurnalistning Baena haqida gapirish iltimosi haqida: "Meni ahmoq deb o'ylayapsiz. Jamoangizda o'ynamayotgan odam haqida gapirish mumkin emas"
03 may 12:35
Yangiliklar


Simeonening jurnalistning Baena haqida gapirish iltimosi haqida: "Meni ahmoq deb o'ylayapsiz. Jamoangizda o'ynamayotgan odam haqida gapirish mumkin emas"
Diego Simeone jurnalistning Aleks Baenaga tavsif berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi.
"Atletiko" "Vilyarreal" xavbekini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Siz menga obro'sizlantiruvchi savol beryapsiz, chunki ["Atletiko"ga] keladigan yoki kelmaydigan futbolchi haqida va uning qanday futbolchi ekanini aytib berishni so'rayapsiz. Siz meni ahmoq deb o'ylayapsiz (kuladi). Nima deyayotganimni tushunyapsizmi?
Siz menga ikki tomonlama savol beryapsiz. Sening jamoangda kim o'ynamayotgani haqida gapirish mumkin emas, lekin men uning qanday o'ynayotganini aytib berishim kerak. Agar u juda yaxshi o'ynaydi, menga yoqadi desam, u ushbu murabbiyga yoqadi, deysiz.
Agar u yomon o'ynaydi desam, u bu murabbiyga yoqmaydi, deysiz. Albatta, u ajoyib futbolchi," - dedi "Atletiko" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar