So’nggi yangiliklar

17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  0 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  2 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  1 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   14 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  6 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0

Beshinchi oltin, yangilangan 13 yillik tarix va chempion murabbiylar Yangiliklar

Beshinchi oltin, yangilangan 13 yillik tarix va chempion murabbiylar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida tashkil etilgan U-17 Osiyo Kubogida oltin medallarga ega chiqdi.

O'zbekiston shu tariqa o'z tarixida ikkinchi bor U-17 yosh toifasida qita turnirida bosh sovrinni boshi uzra ko'tardi. Ilk bor 2012 yil Dilshod Nuraliev boshchiligida Erondagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bunday natijaga erishgandi. 

O'zbekiston U-17  yosh toifasida uchinchi bor finalga chiqdi. Oradan 13 yil o'tib bu yoshdagi terma jamoamiz yana qita musobaqasi finalida ishtirok etdi. Bu ishni shu paytgacha faqat Aleksey Evstafeev va Dilshod Nuraliev uddasidan chiqqan edi. Ular safiga Islom Ismoilov ham qo'shildi. 

U-16 Osiyo kubogi - 2010. O'zbekiston

O'zbekiston - KXDR 0:2

Bosh murabbiy: Aleksey Evstafeev

Avlod: 1994 yillar (Abbosbek Maxstaliev, Timur Hakimov, Javlon Mirabdullaevlar)

U-16 Osiyo kubogi - 2012. Eron

O'zbekiston - Yaponiya 1:1 (pen 3:1)

Bosh murabbiy: Dilshod Nuraliev

Avlod: 1996 yillar (Sarvar Karimov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Jamshid Boltaboevlar)



Yana bir fakt. 2022 yildan buyon O'zbekistoning turli yosh toifasidagi  terma jamoalari Osiyo kuboklari finalida ishtirok etib kelmoqda. Quyida oxirgi yillarda finallardagi natijalar keltirilgan


U-23 Osiyo kubogi - 2022. O'zbekiston

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:2

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Avlod: 2001-2002 yillar (Jasur Jaloliddinov, Husayin Norchaev, Vladimir Nazarov)

  

U-20 Osiyo kubogi - 2023. O'zbekiston

O'zbekiston - Iroq 1:0

Bosh murabbiy:  Ravshan Haydarov

Avlod: 2003-2004 yillar (Abbos Fayzullaev, Abduqodir Husanov, Nodir Abdurazzoqov)


U-23 Osiyo kubogi - 2024. Qatar

O'zbekiston - Yaponiya 0:1

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Avlod: 2001-2002 yillar (Jasur Jaloliddinov, Husayin Norchaev, Vladimir Nazarov)


U-17 Osiyo kubogi - 2025. Saudiya Arabistoni

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:0

Bosh murabbiy: Islom Ismoilov 

Avlod: 2008 yillar (Nematilloh Rustamjonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Jamshid Rustamov, Sadriddin Hasanov, Asilbek Aliev)

1994 yilda qo'lga kiritilgan g'alabadan buyon hisoblanganda bu mamlakatimiz terma jamoalari uchun to'qqizinchi final, beshinchi oltin medal sifatida tarixdan joy oldi. 

Islombek Ismoilov bu ko'rsatkichni 32 yoshida amalga oshirdi va terma jamoa bilan chempion bo'lgan eng yosh murabbiyga aylandi va bu borada to'rtinchi bo'ldi. Bunga qadar 3 nafar murabbiygina chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. Rekord esa Ravshan Haydarovga tegishli (2 ta). Timur Kapadzeda 2 ta, Aleksey Evstafeev. Ahmad Ubaydullaevda 1 tadan kumush medal bor. 

Barcha murabbiylar ro'yxati esa quyidagicha:

Ravshan Haydarov 2 ta oltin

Rustam Akramov 1 ta oltin

Dilshod Nuraliev 1 ta oltin

Islombek Ismoilov 1 ta oltin

Timur Kapadze 2 ta kumush

Ahmad Ubaydullaev  1 ta kumush

Aleksey Evstafeev 1 ta kumush

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика