Gvardiola g'alabali o'yindan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi
10 fev 2022 08:54
Yangiliklar
Gvardiola g'alabali o'yindan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi
"Bunday raqibga qarshi o'yinda hujum uyushtirish qiyin. Ular agressivlik va yuqori pressingdan foydalanishadi.
Biz hujum qilishni boshlaganimizda ular ortga chekinib, chuqur himoyaga kirishdi. Biz sabr qildik, xatoga yo'l qo'ymadik va yakunda kerakli natijaga erishdik.
O'yinimizdan juda mamnunman. O'z darvozamiz tomon bittagina zarba o'tkazib yubordik. Umuman olganda yaxshi harakat qildik. Biroq, raqib o'z jarima maydonchasida 10 kishi bo'lib himoyalanganda o'ynash qiyin bo'ladi.
Sovrin uchun kurash haqida gapirsak, "Liverpul"da hali ikkita zaxiradagi o'yin bor. O'shandan so'ng farq qanday bo'lishini ko'ramiz.
Oldinda 14 ta mana shunday qiyin o'yin kutib turibdi. Raqobat jiddiy, ammo 60 ochko to'plaganimiz yoqmoqda", - dedi Gvardiola.
Fikrlar