Gvardiola: "Aguero "Manchester Siti"ning muhim futbolchisi bo'lib qoladi"
04 fev 2017 15:49
Yangiliklar


Gvardiola: "Aguero "Manchester Siti"ning muhim futbolchisi bo'lib qoladi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, hujumchi Serxio Aguero avvalgidek jamoa uchun muhim futbolchi.
"Aguero yuqori saviyali futbolchi ekaniga shubha yo'q. Undan ko'nglim to'q. Katta Evropa klublarida doimo bir nechta yaxshi hujumchi bo'ladi va "Manchester Siti"da ham shunday. Serxio jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri bo'lib qolaveradi. U deyarli barcha o'yinlarda yaxshi ishtirok etdi" - deydi Gvardiola.
Joriy mavsumda Aguero APLning 17 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar