So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Grigoriy Kolosovskiy: "Paxtakor" doimo chempionlik uchun kurashadi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Paxtakor" doimo chempionlik uchun kurashadi"

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy qatnashdi.

"Mavsum endi boshlangan bo'lsada o'yinimiz ancha yaxshi chiqdi. Ikkinchi bo'limda ko'proq tashabbusga egalik qildik va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bazi vaziyatlarda yaxshi, bazida esa ko'ngildagidek harakat qilolmadik. Umuman olganda uchrashuv ancha qiziqarli va yaxshi o'tdi. Barcha futbolchilarimizga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi Grigoriy Kolosovskiy.

- Igor Sergeevning jarohati jiddiymi?
- "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan nazorat uchrashuvi Igor Sergeev jarohat oldi. Umid qilamizki, Sergeev tezda safga qaytadi. "Neftchi" bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar hujumchi tarkibga qaytsa albatta yaxshi bo'lardi.  

- "Paxtakor" oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Bizning oldimizga doimo chempionlik vazifasi qo'yiladi. Albatta bosh toj uchun kurash olib boramiz.

- Jamoaning mavjud tarkibi chempionlik uchun kurashishga yo'l qo'yadimi?
- Albatta. Tarkibimizda Lobanov, Sergeev singari yuqori malakali futbolchilar bor.

- Demak qo'l ostingizdagi futbolchilardan ko'ngliz to'q?
- Qisman bazi jihatlarni inobatga olmaganda, ha. Bu borada ko'nglim to'q.


P.S. Matbuot anjumanining birinchi qismida "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov qon bosimi ko'tarilgani sababli ishtirok eta olmadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика