Greciya terma jamoasi mukofot pullaridan voz kechdi
29 iyu 2014 20:01
Yangiliklar
Greciya terma jamoasi mukofot pullaridan voz kechdi
Greciya terma jamoasi futbolchilari 1/8 finalga chiqqanliklari uchun beriladigan mukofot pullarini mamlakatda yangi sport bazasi qurilishi uchun ajratishni lozim topdilar.
Futbolchilar Greciya bosh vaziri Antonis Samarasdan ushbu pullarni milliy terma jamoasi bazasini rivojlantirish uchun ajratishini so'radilar.
"Bizga qo'shimcha bonuslar va pullar shart emas. Biz Greciya va uning xalqi uchun o'ynaymiz. Biz ko'p narsa so'ramaymiz. SHunchaki, milliy terma jamoaning uyi hisoblanadigan sport markazini rivojlanishini istaymiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar